Kartoshka, xalqimiz ta’biri bilan aytganda, “ikkinchi non” demakdir. Bu atamaning o‘zi uning ijtimoiy ahamiyatini belgilaydi va oziq-ovqat iste’molida muhim o‘rin tutadi. Uning sifatli va arzon bo‘lishi har bir oila farovonligiga ta’sir qiladi.
“Agrover” MChJ klasterining Toshkent viloyati hududida joylashgan “Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi” tomonidan hozirgi kunda dalalarda urug‘lik kartoshkani ekish ishlari olib borilmoqda. Ushbu markaz xodimlari tomonidan urug‘lik kartoshka yetishtirish uchun 1700 tonna Gollandiyaning “Artemis” elita navi olib kelingan bo‘lib, urug‘ hajmidan kelib chiqib, gektariga 2,5-3 tonnadan ekilmoqda.
Joriy yil uchun ushbu markaz tomonidan 750 gektar yer maydonida urug‘lik kartoshka ekish belgilangan bo‘lib, hozirda 350 gektariga to‘liq ekilgan, qolgan maydonlarda ekish jarayonlari davom etmoqda.
Bo‘stonliq tumanining iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, ushbu maydonlar aynan shu qishloq xo‘jaligi ekinini yetishtirish uchun eng qulay hudud hisoblanadi.
Ushbu klasterda urug‘lik kartoshka yetishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish va mexanizatsiyalashtirish tizimi joriy etilgan bo‘lib, unda nafaqat suv, balki mineral o‘g‘it va oziqlantirish tadbirlarini 40 foizgacha tejash, har gektar yerdan 40 tonnagacha hosil olish imkonini bermoqda.
Kartoshka nafaqat to‘yimliligi, balki sh ifobaxshligi bilan ham o‘ziga xosdir. Kartoshka tarkibida oqsil, yog‘, uglevodlar, organik kislotalar, B1, B2, PP, C, D, K, E, A vitaminlari, natriy, kaliy, magniy, kalsiy, temir, fosfor, yod kabi elementlar mavjud.
Ta’kidlash lozim, ushbu klaster 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida zamonaviy kartoshkachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 193-son qaroriga muvofiq, Bo‘stonliq hududida tashkil etilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: