O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida markaziy apparat majmualari mas‘ul xodimlari uchun “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish asoslari” bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mashg‘ulotlarda Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan 20 soatlik videodarslardan foydalanilmoqda.
Ushbu darslar orqali xodimlarning o‘zbek adabiy tili me‘yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, shuningdek, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarini boyitish maqsad qilingan. Bundan tashqari, nutq madaniyati va notiqlik mahorati, yozma va og‘zaki nutq borasidagi savodxonligini oshirish nazarda tutilgan.
Ushbu tadbirlar O‘zR Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: