Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan respublikada asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari safiga kiruvchi kartoshka narxining barqarorligini taʼminlash, ichki talabni to‘liq qondirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.
2022-yil hosili uchun barcha toifa xo‘jaliklarida 243 ming gektar kartoshka ekilishi kutilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan +86 ming gektarga ko‘p.
Shundan, joylardan olingan takliflarga asosan 2022-yil fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarida 153 ming gektar (70 ming gektarga ko‘p) maydonda kartoshka yetishtirilishi belgilandi.
Asosiy maydonlarga 115,5 ming gektar (65 ming gektarga ko‘p), bog‘-tok qator orasiga 7,3 ming gektar (4,4 ming gektarga ko‘p), takroriy maydonlarga 30 ming gektar hamda dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalariga 90 ming gektar (2021-yilga nisbatan 10 ming gektarga ko‘p) kartoshka joylashtirildi.
2022-yilda ushbu maydonlardan 4,1 mln tonna (+ 772 ming tonna yoki 123% ko‘p) kartoshka hosilini olish kutilmoqda. Xususan, fermer xo‘jaliklarida 2,6 mln tonna va aholi tomorqalarida 1,5 mln tonna kartoshka yetishtirish mo‘ljallangan.
Joylardan olingan tahliliy maʼlumotlarga ko‘ra mazkur mahsulotni yetishtirish uchun 2022-yil bahor oylarida fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining 90 ming gektarlik (2021-yilga nisbatan 40 ming gektarga ko‘p) asosiy maydonlariga kartoshka ekilgani maʼlum bo‘ldi.
Bugungi kunda janubiy hududlar, yaʼni Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ertaki muddatlarda (fevral-mart) ekilgan kartoshka maydonlardan dastlabki kartoshka hosilini kavlab olish ishlari davom etmoqda hamda ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Bundan tashqari Samarqand va Toshkent viloyatlarida qisman kartoshka kavlash ishlari boshlangan.
Kartoshka narx-navosi bo‘yicha tashqi bozorlardagi holat
Respublikamizda bugungi kunda kartoshkaning o‘rtacha narxi 4700 so‘mni tashkil etmoqda.
Bu narx aksariyat davlatlardagi kartoshka mahsulotlariga nisbatan arzon, yaʼni Gruziyadan 936 so‘mga, Rossiyadan 604 so‘mga va Belorusiya davlatidagi kartoshka mahsulotlariga nisbatan 162 so‘mga arzon.
Qolaversa, Moldoviya (1275), Polsha (2048), Tojikiston (3153), Ukraina (2822) davlatlarida kartoshka O‘zbekistonga nisbatan arzon narxda sotilayotganligi kuzatilmoqda.
Ushbu davlatlarda joriy yilning 7 may kuniga nisbatan 26-may sanasida kartoshka narxlari bozorlarda o‘rtacha 111 foizga o‘sgan.
Jumladan, narxlar O‘zbekistonda 105 foiz, Gruziyada 142 foiz, Rossiyada 126 foiz, Belorusiyada 116 foiz, Moldoviyada 124 foiz, Polshada 114 foiz, Tojikistonda 56 foiz, Ukrainada 106 foiz ko‘tarilgan.
Meva – sabzavotchilik, uzumchilik, polizchilik va kartoshkachilikni rivojlantirish hamda Marketing boshqarmalari ma’lumotlari asosida tayyorlandi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: