Hozirgi kunda plyonka ostiga tomchilatib sug‘orish uchun moslangan maxsus yelim shlanglar yotqizilib, urug’ni qo‘shqator ekish usuli keng qo‘llanilmoqda.
Bu gektarlarda to‘liq ko‘chatlar yaratishda o‘ziga xos imkoniyatga ega. Ekinlar yagana, chopiq qilinmaydi. Nihollarni kerakli suv va ozuqalar bilan ta’minlashda aniq hisob-kitoblar asosida yotqizilgan quvurlarning xizmati katta. Ular kerakli chuqurlik va ko‘lamda yer namligini saqlab turadi. Suv, mineral o‘g‘itlar yuborish bilan birga zararli hasharot, begona o‘tlarga qarshi kurash ham quvurlar yordamida amalga oshiriladi. Natijada hatto suv taqchil, unumdorligi past bo‘lgan yerlarda yuqori hosil olish imkoniyati yaratildi.
Chigit ekilgan dastlabki oylarda uning tekis unib chiqishi uchun shimoliy va o‘rta mintaqalarda harorat yetishmay qoladi. Shu bois, chigitni erta ekib, barvaqt paxta yetishtirish uchun qo‘shimcha harorat talab etiladi. Qo‘shimcha harorat to‘plashga shaffof plyonka ostiga chigit ekish orqali erishish mumkin. Bu texnologiyaning afzalligi chigitni tez undirish, bir tekis nihollar olish va ertaki hosilga erishish hisoblanadi.
Bu yetishtirilgan hosilni paxta terish mashinalari yordamida to‘liq terib olishga va yerlarni kuzning iliq kunlarida sifatli shudgor qilish imkoniyatini yaratadi. Paxta hosili kechiktirilmasdan yig‘ishtirib olingan maydonlarda kuzda yerni sifatli tayyorlab o‘z vaqtida g‘alla ekilishi hisobiga don hosili, g‘o‘za qator orasiga ekilgan maydonlarga nisbatan, kamida 10-15 sentner yuqori bo‘lishi ta’minlanadi.
S
Shuningdek, bunda kuzgi g‘alla ekilmaydigan maydonlarda ham qulaylik yaratiladi, chunki bahorda ekish ishlari qisqa muddatlarda sifatli o‘tishi uchun zamin hozirlanadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: