Toshkent Davlat Agrar Universitetida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi ishtirokida “Baliqchilikda oziqlantirish va baliq ozuqalarini ishlab chiqarish” mavzusi bo‘yicha trening tashkil etildi.
Unda universitet talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Treningni “O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida taklif etilgan fransiyalik mutaxassislar – baliq ratsionlari bo‘yicha ekspert Guilliam Le Rest va ozuqa ishlab chiqarish sohasi xodimi Frederic Mauni olib borishdi.
Trening davomida baliq kasalliklari, davolash bo‘yicha ko‘rsatmalar, ularni oziqlantirish asoslari, baliq turlariga qarab ozuqa ratsionlarni tuzish va bu ratsionda O‘zbekistondagi bor ozuqalardan samarali foydalanish, shuningdek, baliq ozuqasi ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik o‘rnatish orqali, tanlangan namunaviy loyihalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda ishtirokchilarga respublikadagi ozuqalarni laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazish, tuzilgan ratsionlar asosida granulalangan va ekstruderlangan ozuqalarni ishlab chiqarish, suvdan foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: