2021-yil 18-fevral kuni Toshkentda O’zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O’zR Moliya vaIrligi hamda Sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi ko‘magi ostida hamda Semurg Insurance va Shveysariya, Germaniya va Fransiyaning yirik sug‘urta kompaniyalari (Swiss Re, Hannover Re, Scor Re i Axis Re) ekspertlari ishtirokida agrosug‘urtalash bo‘yicha ilk xalqaro konferensiya — «Agroinsurance Conference-2022» o‘tkazildi.
Sug‘urta sohasi ekspertlari O‘zbekiston agrosanoat sektori vakillari bilan xalqaro tajriba namunalari bilan o‘rtoqlashdi. Ular orasida agrar ishlab chiqaruvchilar, manfaatdor vazirlik va idoralar, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi vakillari bor.
Menejment tavakkalchiligi va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasi samaradorligini oshirish masalalari muhokama etildi, hosilni himoya qilish va sug‘urtalashning maqbul sug‘urtalash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi va YAIMning qariyb 27% ini tashkil etadi, davlatning oziq-ovqat havfsizligi darajasini taʼminlaydi. Bunda qishloq xo‘jaligi har doim tabiiy-iqlim sharoitlari, insoniyat, iqtisodiyot kabi xavf omillari qurshovida bo‘ladi.
Anomal iqlim hodisalari, haroratning keskin almashishi orqali namoyon bo‘layotgan global iqlim o‘zgarishi agrar ishlab chiqaruvchilarga katta yo‘qotishlar olib kelib, ularga zarar keltiradi. Ayniqsa, kasallik va zararkunandalar hosilni jiddiy zararlaydi. Bularning barchasi agrosanoat sohasiga jiddiy taʼsir qiladi va sug‘urta himoyasiga alohida yondashishni talab etadi. Xavfdan himoya qilish bo‘yicha turli sug‘urta yechimlari bor bo‘lib, keng miqyosdagi qishloq xo‘jaligi faoliyat turlari va ekinlarini qamrab oladi.
O‘zbekiston bozori uchun yangi va noyob hisoblangan, hosilni sug‘urtalash mahsuloti — agrosug‘urtalash bo‘yicha konferensiyaning muhim mavzularidan biriga aylandi. U Semurg Insurance tomonidan dunyodagi eng yirik qayta sug‘urtalovchi va agrar xatarlar himoyasi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Shveysariyaning Swiss Re kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Ishlab chiquvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yangi mahsulotning vazifasi: qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga hosil nobud bo‘lgan taqdirda tovon olish imkonini yaratish bilan birga avval-boshdanoq xavfni minimallashtirib berishdan iborat. Faqat bankni himoya qiluvchi moliyaviy xatarlarni sug‘urtalash polisidan farqli o‘laroq, hosilni sug‘urtalash aynan agrar ishlab chiqaruvchiga yetkazilgan zararni qoplaydi. Sug‘urta ekspertlari tuproqni o‘rganadi, bir qator laboratoriya tekshiruvlarini olib boradi, agrotexnologik tadbirlar bo‘yicha aniq tavsiyalar beradi. Sug‘urta polisi mijozlarga maslahat berish uchun xizmat qiladi, bu esa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayoni salohiyatini oshirishga yordam beradi. Sug‘urta hodisasi ro‘y bergan taqdirda kompaniya zarar uchun kompensatsiya to‘laydi va mijozga nafaqat mavjud kreditlarni qoplash, balki biznesini yangi ekish mavsumiga tayyorlashga ham ko‘mak beradi.
Sug‘urtaning ushbu shakli bank va bank kreditlarini emas, balki agrar ishlab chiqaruvchilar manfaati, biznesi va daromadini bevosita himoya qiladi. Ushbu mahsulot sug‘urta hodisasidan keyin biznesdan katta yo‘qotishlar bilan ketish emas, tiklanish imkonini yaratadi.
Sug‘urta loyihasining ijtimoiy yo‘naltirilganligi agrarchilarga o‘ziga ishonchni qaytaradi, bu esa biznesni agrar sektoriga ko‘proq jalb qiladi hamda istiqbolda mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va barqarorligini taʼminlaydi.
Bundan tashqari, bu kabi agrosug‘urta yechimlari agrar ishlab chiqaruvchilarga biznesini himoya qilishga yordam berish orqali, ular uchun xalqaro investitsiyalar sari yo‘l ochadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: