5. Paxtachilikda. Respublikada 2021-yilda 135 ta tumanda 122 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 1 mln 31 ming gektar maydonda 38 ta g‘o‘za navlari (2020-yilda 33 ta) parvarish qilindi.
Xususan, 796,3 ming ga maydonga 20 ta ertapishar, 178,3 ming ga maydonga 5 ta o‘rtapishar, 12,4 ming ga maydonga 10 ta istiqbolli hamda 45,5 ming ga maydonga yangi navlar (36,5 ming gektar) ekildi.
Gʻo‘zani navlar va ekish sxemalari bo‘yicha joylashtirishda hududlarning takliflari asosida 164 ming ga “qo‘shqator” sxemada (o‘tgan yilga nisbatan 125,4 ming ga kam), 459,6 ming ga “60 sm” sxemada (8,7 ming ga kam), 199,7 ming ga “76 sm” sxemada (130,1 ming ga ko‘p) hamda 209,1 ming ga “90 sm” sxemada (2,9 ming ga ko‘p) chigit ekildi.
Respublikada 2021-yil hosili uchun chigit ekiladigan maydonlarda kuzgi-qishki tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish maqsadida 574 ming gektar maydonda sho‘r yuvish va 307 ming gektar maydonda pushta olish ishlari amalga oshirildi.
Paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida 58,1 ming tonna chigit tayyorlandi. Urug‘lik tarqatuvchi shaxobchalar orqali 49,4 ming tonna (2020-yilda 55 ming tn) urug‘lik chigitlar klaster va fermer xo‘jaliklariga tarqatildi. Respublika bo‘yicha o‘rtacha chigit sarfi 49 kg/ga (2020 yilda 58 kg/ga) tashkil qildi.
Gʻo‘zani parvarishlashda agrotexnik tadbirlarini qulay muddatlarda o‘tkazish bo‘yicha olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar joylarga yetkazib berildi.
Gʻo‘za o‘suv davrida qator oralariga 11 marta ishlov berildi, 2 marta chuqur yumshatildi hamda har gektar maydonga o‘rtacha 220 kg.dan fosforli, 50-100 kg.dan kaliyli va 770 kg.dan azotli o‘g‘itlar kiritildi.
Gʻo‘za maydonlarida shira-tripsga qarshi 415,6 ming gektarga, o‘rgimchakkanaga qarshi 867,3 ming gektarga, ko‘sak qurtiga qarshi 596,7 ming gektarga, g‘o‘za qandalasiga qarshi 142,5 ming gektarga kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.
Shuningdek, har ikki gektar g‘o‘za maydoniga 1 donadan jami 522,2 ming dona feromon tutqich o‘rnatilib, monitoring o‘tkazildi.
Bundan tashqari, zararkunanda hasharotlarga qarshi 3 marta trixogramma, 3 marta oltinko‘z, 1,7 marta brakon biomahsulotlari bilan ishlov berildi.
Paxta maydonining 136 ming gektarida (2020-yilda 21 ming ga) tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etildi, 186 ming gektarda lazerli yer tekislash ishlari bajarildi. Dalada suvchilar soni 1,5-2,0 baravarga oshirilib, suv nazorati kuchaytirildi va g‘o‘za o‘rtacha 3 marta sharbat usulida sug‘orildi.
Paxta yig‘im – terimi mavsumi klasterlar va fermer xo‘jaliklari tomonidan uyushqoqlik bilan tashkil etildi va terimda qatnashgan ishchilarni moddiy rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Terimchilarga qo‘lda terilgan bir kg paxta uchun 1 500-2 500 so‘mdan, mashinada terilgan 1 tn paxta uchun 920 ming so‘mdan xizmat haqi to‘lab borildi va mavsumda 4,7 trln so‘mdan ortiq, shundan fermer xo‘jaliklari va paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 1,5 trln so‘m terim pullari tarqatildi.
Hosilni mexanizatsiya yordamida yig‘ib olishga alohida e’tibor qaratilib, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida qishloq xo‘jaligi korxonalariga paxtani mashinada terib olish xarajatlarining 30 foizini Respublika byudjetidan qoplab berish tizimi joriy etildi.
Gʻo‘za parvarishida muhim agrotexnik tadbirlarni tizimli tashkil etilishi, paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan sohaga ilm-fan, innovatsiyalar hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish natijasida hosildorlik o‘rtacha 32,7 sentnerni (3 s/ga ko‘p) tashkil qilib, 3 mln 327 ming tn (108,6%, 263,5 ming tn ko‘p) paxta xomashyosi yetishtirildi.
6. Gʻallachilikda. 2021-yil hosili uchun jami 1 mln. 224 ming ga shundan, 1 mln. 38,1 ming ga (372,5 ming ga ochiq va 665,6 ming ga g‘o‘za qator orasi) sug‘oriladigan va 185,8 ming ga lalmi maydonlarda kuzgi boshoqli don parvarish qilindi.
Boshoqli don ekinlarini ekishni tashkil etish uchun 2 ming 562 ta g‘alla ekish otryadlari tashkil etildi. Ekish otryadlariga 3 ming 495 ta haydov traktorlari, 998 ta don ekish seyalkalari, 7 ming 724 ta g‘o‘za qator oralariga don ekadigan moslamalar, 3 ming 350 ta mineral o‘g‘it sepuvchi moslamalar biriktirildi.
2021-yil g‘alla hosili uchun sof holda 262,4 ming tonna (100%) azotli, 50,3 ming tonna (111%) fosforli, 20 ming tonna (100%) kaliyli mineral o‘g‘itlar yetkazib berildi. Gʻallani bargidan oziqlantirish maqsadida 3 marta biostimulyatorlar bilan ishlov berildi.
Kuzgi boshoqli don ekinlarini parvarishlash davrida har bir gektar g‘alla maydoniga o‘rtacha 5 tonnadan jami 5,2 mln tonna mahalliy o‘g‘it jamg‘arildi hamda g‘alla maydonlari o‘rtacha 5 marta sug‘orildi.
Gʻallani zararli organizmlardan himoya qilish uchun profilaktika maqsadida begona o‘tlarga qarshi to‘liq 1 marta, zang va boshqa kasalliklarga qarshi 1,3 marta, zararli xasva va boshqa zararkunandalarga qarshi 1 marta, kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.
Shuningdek, soha olimlarining ilmiy tavsiyalariga asosan begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy preparatlar, biostimulyatorlar bilan birgalikda “to‘rtlik aralashma” yordamida 1 mln 566 ming ga (1,6 marta) maydonga ishlov berildi.
Amalga oshirilgan tizimli tadbirlar natijasida sug‘oriladigan g‘alla maydonlaridan o‘rtacha gektaridan 64,1 sentnerdan (+4,6 s/ga) jami 6,6 mln tn ortiq don yetishtirildi. Shundan, 2 mln 533 ming tn don (2 mln 261 ming tn tovar, 272 ming tn urug‘lik) davlat ehtiyojlari uchun topshirildi.
2022-yil g‘alla hosili uchun jami 36 ming 578 nafar fermer xo‘jaliklarining jami 1 mln 88,4 ming gektariga (147 ta klaster) shundan, 1 mln 33,1 ming gektar sug‘oriladigan va 55,3 ming gektar lalmi maydonlarga kuzgi boshoqli don ekinlari 8 ming 187 ta g‘alla ekish otryadlari bilan ekildi.
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 5 oktyabrda, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 10 noyabrda, qolgan viloyatlarda 5 noyabrda yakunlandi). Joriy yilda har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning ball boniteti hamda suv bilan ta’minlanganlik darajasi inobatga olinib, noqulay sharoitlarga, sho‘rga va suvsizlikka chidamli navlar maydoni kengaytirildi.
Xususan, Krasnodarning “Alekseich” (162,1 ming ga), “Antonina” (52,9 ming ga), Vassa (43,8 ming ga), Bezostaya-100 (37,9 ming ga), mahalliy seleksiyaga oid “Davr” (46,6 ming ga), “Asr” (92 ming ga) navlari maydoni kengaytirildi.
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va klasterlar tomonidan 260 ming tonna sifatli urug‘lik don g‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklariga yetkazib berildi.
Ekilgan g‘alla maydonlari 1,3 martta sug‘orildi va to‘liq undirib olindi. Shundan, 161 ming gektar 1-2 barg (16%), 298 ming gektar 3-4 barg (29%) va 571 ming gektar (55%) o‘suv fazasida rivojlanmoqda.
Gʻalla nihollari qishlov davrida talofat ko‘rmasligi uchun fizik holda 100 kg/ga azotli mineral o‘g‘itlar bilan kuzgi oziqlantirish ishlari 611 ming gektar (60%) maydonlarda amalga oshirildi hamda peshma-pesh mahalliy o‘g‘itlar bilan sug‘orish ishlari tashkil etildi.
7. Sholichilikda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2 fevraldagi “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4973-son qaroriga asosan 2021-yil hosili uchun Respublikada 5 ming 923 ta fermer xo‘jaliklarida 112,5 ming ga (55,5 ming ga asosiy va 57,0 ming ga takroriy) maydonda sholi parvarishlanib, 473,3 ming tn ( o‘tgan yilga nisb 81,3 ming tn ko‘p) yalpi hosil (41,9 s/ga) olindi, shundan davlat zaxiralariga jami 57,1 ming tn sholi topshirildi.
2022-yilda sholichilik xo‘jaliklarini sertifikatlangan urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida hududlarda 2021-yil hosili uchun sholi urug‘ligini yetishtirishga ixtisoslashtirilgan 22 ta tumanlarda 319 ta fermer xo‘jaliklari tanlab olindi.
Urug‘lik uchun ekilgan 274 ta subyektlarda mavjud 6 ming 33 ga (96%) urug‘lik maydonlardan 23,3 ming tn (38,7 s/ga) urug‘lik yetishtirildi.
Shu bilan birga, 31 ming ga maydon (QQR 21,1 ming ga, Andijon 120 ga, Buxoro 1,5 ming ga, Namangan 1,1 ming ga, Surxondaryo 320 ga, Sirdaryo 423 ga, Toshkent 4,6 ming ga, Xorazm 1,8 ming ga) lazer yer tekislagichlar bilan tekislandi, 2,8 ming ga maydonlarga (Andijon 40 ga, Buxoro 1,5 ming ga, Farg‘ona 520 ga, Xorazm 743 ga) zamonaviy seyalkalar bilan sholi urug‘ligi ekildi, 22,3 ming ga sholi (QQR 1,5 ming ga, Andijon 1,2 ming ga, Buxoro 1,5 ming ga, Navoiy 614 ga, Namangan 2,4 ming ga, Sirdaryo 4,4 ming ga, Toshkent 3,5 ming ga, Farg‘ona 6,8 ming ga, Xorazm 500 ga) maydonlari zovur suvlari bilan sug‘orildi hamda 618 ga maydonlarda (Sirdaryo 568 ga, Xorazm 50 ga) kunduzi sug‘orish usuli qo‘llanildi. Natijada mavsum davomida o‘rtacha 25 foizgacha suv iqtisod qilindi.
Respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitiga mos, yuqori hosilli yangi seleksion navlarni joriy etish maqsadida ilk bor 32 ta xorijiy serhosil sholi nav va namunalarining mahalliy sharoitlarga moslashuvi o‘rganilib, tezpishar, hosildorlik va sifat ko‘rsatkichlari yuqori (kasalliklarga, xasharotlarga, sho‘rga chidamlilik) nav va namunalar ajratib olindi.
Jumladan, Vyetnam seleksiyasiga oid “DD 2”, “CNC 11”, “Thieu 8”, “IR 50404”, “OM 2517” va “HD 11” sholi navlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga to‘liq introduksiya qilindi hamda talab etiladigan mineral o‘g‘itlar me’yori aniqlandi (N125 P156 K80 kg).
Shu bilan birga, xorijiy va mahalliy sholi navlari bilan 35 ta kombinatsiyalarda chatishtirildi va yangi F1 sholi duragay avlodlari olindi.
8. Dukkakli va moyli ekinlar. Respublika hududlarida 361 ming ga maydonda (68 ming ga asosiy, 293 ming ga takroriy) dukkakli hamda 274 ming ga maydonda (170 ming ga ko‘p) moyli ekinlar (125 ming ga +77,6 ming ga ko‘p) asosiy maydon, 73 ming ga (+63 ming ga ko‘p) g‘o‘za qator oralarsi, 10,3 ming ga (+9,2 ming ga ko‘p), bog‘-tok qator orasi, 44,3 ming ga (+18,6 ming ga ko‘p) takroriy maydonlarga, 21,4 ming ga (-8,4 ming ga kam) lalmi maydonlarda) parvarishlandi (3-jadval).
Gʻo‘za qator oralaridan samarali foydalanish, iqtisodiy samaradorlikka erishish va tuproq unumdorligini tabiiy oshirish maqsadida, hamkor ekin sifatida ilk marotaba katta maydonlarda soya ekilib, parvarish qilindi.
Gʻo‘za qator oralariga hamkor ekin sifatida ekiladigan soyaning vegetatsiya va pishib yetilish davridan kelib chiqib, Rossiya Federasiyasidan 4,3 ming tn (“Chera 1”, “Pamyati Fadeyeva”, “Protina”, “Sireliya”, “Pripyat”, “OAK Prudens”, “SP Optima”, “YeS Mentor”, “Olimpiya”, “Selena”, “Slaviya”, “Solena”, “SK Veda”, “Chara”, “SK Riana”, “Arleta” va “Sparta”) soya navlarining yuqori avlodli urug‘liklari olib kelinib, yetishtiruvchilarga yetkazib berildi.
Tizimli tadbirlar natijasida 573 ming tn (106%) dukkakli donlar (360,2 ming tn mosh, 46,4 ming tn loviya, 38,1 ming tn fasol, 36,2 ming tn no‘xat va 91,7 ming tn yer yong‘oq) hamda 324,4 ming tn (3 barobar ko‘p) moyli mahsulotlar (66,1 ming tn soya, 187,9 ming tn kungaboqar, 55,3 ming tn kunjut, 10,8 ming tn maxsar, 4,1 ming tn zig‘ir va 143 tn raps) yetishtirildi.
Shuningdek, joriy yilda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida “RS Success Agro” MCHJ tomonidan 2 ming gektar asosiy maydonlarga kannabis hamda Samarqand viloyatining Urgut tumanida 5 ming gektar maydonlarda tamaki ekildi.
9. Ozuqabop va dorivor ekinlar. 2021-yil hosili uchun jami 659 ming ga, shundan 383 ming ga asosiy maydonlarga, bog‘-tok qator oralariga 32 ming ga, 41 ming ga lalmi maydonlarga hamda 203 ming ga takroriy maydonlarga ozuqabop ekinlar ekilib, 16,6 mln tonnadan ortiq ozuqabop mahsulotlari yetishtirildi.
Shuningdek, soha olim va mutaxassislari tomonidan “Sug‘oriladigan maydonlarda ozuqabop ekinlarni yetishtirish” o‘quv-uslubiy qo‘llanma soha olimlari va mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilib, mahsulot yetishtiruvchilarga yetkazib berildi.
2021-yil 162 ta subyektlar tomonidan 15,8 ming ga (135,6%, 150,3 ga bir yillik va 15,7 ming ga ko‘p yillik) maydonda 45 turdagi (16 ta bir yillik, 29 ta ko‘p yillik) dorivor o‘simliklar parvarishlandi, 17,4 ming tonna xomashyo ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirildi (5-jadval).
Qashqadaryo, Jizzax, Namangan Samarqand va Toshkent viloyatlarida jami 300 gektar maydonda za’faron plantasiyalari tashkil etilib,
217 gektar maydonda ekish ishlari amalga oshirildi.
10. 2021-yilda Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va ozuqa ekinlari urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashtirilgan 12 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklari tashkil etilib, xo‘jaliklar soni 65 taga, ularga ajratilgan yer maydonlari 5700 ga yetkazildi.
2021-yilda elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan 29 ta ekin turiga mansub 48 ta mahalliy navlarning urug‘chiligi yo‘lga qo‘yilib, 3680 tn urug‘lik paxta (2020-yilga nisbatan 120 %), 6341 tn don (131 %), 10 tn sabzavot-poliz (120 %), 66 tn moyli (147 %), 310 tn ozuqa (222 %) hamda 220 tn sholi urug‘liklari xo‘jaliklar tomonidan mustaqil jamg‘arildi.
Elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan 2022-yil hosili uchun 6340 tn urug‘lik don “Uzbek seyeds” milliy brendi ostida 578 ta urug‘chilik subyektlariga yetkazib berildi.
Xorazm viloyatida 113 ga maydonda qovun urug‘chiligi yo‘lga qo‘yilib, 11 tn sifatli urug‘liklar yetishtirildi.
11. Turli tuproq-iqlim sharoitlarida joylashgan nav sinash stansiya va uchastkalarida texnik ekinlar bo‘yicha g‘o‘zaning 111 ta, don va ozuqa ekinlari bo‘yicha 122 ta, meva, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlar bo‘yicha 84 ta navlar va duragaylarni hamda tut daraxtining davlat sinov ishlari bo‘yicha jami 4 ta yangi navi sinovdan o‘tkazilmoqda. Tut ipak qurti duragay zotlarining 9 ta yangi navlari 4 ta nav sinash stansiya va uchastkalarida sinov ishlari o‘tkazildi.
12. Qishloq xo‘jaligi texnika parkini yangilash maqsadida 2021-yilda qiymati 1 trln. 64 mlrd. so‘mlik jami 11 120 ta (209,2 mlrd. so‘mlik) 273 ta haydov traktori, 237 mlrd. so‘mlik 879 ta chopiq traktori, 11,4 mlrd. so‘mlik 73 ta bog‘dorchilik traktori, 193,6 mlrd. so‘mlik 132 ta g‘alla kombayni, 27,8 mlrd. so‘mlik 56 ta paxta terish mashinasi, 41 mlrd. so‘mlik 434 ta don va chigit seyalkasi, 32,1 mlrd. so‘m 701 ta kultivator, 58,2 mlrd. so‘mlik 330 ta lazer yer tekislagich, 50,7 mlrd. so‘mlik 324 ta omoch, 43,7 mlrd. so‘mlik 1820 ta purkagich va 159,3 mlrd so‘mlik boshqalar) texnika va agregatlar yetkazib berildi.
Ma’lumot uchun: Respublikada mavjud 305 492 ta barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarining 124 376 tasi (41%) agrosanoat korxonalariga tegishli. Jumladan, fermer xo‘jaliklarida 78 226 ta (63%), agroklasterlarda 23 673 ta (19%), “Agroservis” MTP MCHJlarda 3 994 ta (3%), boshqa korxonalarda 18 483 tani (15%) tashkil qiladi. Texnikalari bilan ta’minlanganlik darajasi yo‘nalishlar kesimda 35-90 foizni( paxta-g‘allachilik yo‘nalishida 85-90 %, chorvachilik, sabzavot va polizchilikda 45%, bog‘dorchilik va uzumchilikda 35%) yillik yangilanish darajasi 7-8 foizni tashkil qiladi.
2021-yilda qariyb 400 ming tn shundan, Jizzaxda 189,1 ming tn (71,8 %), Sirdaryoda 74,9 ming tn (33,2%), Toshkentda 66,1 ming tn (27,3%), Namanganda 20,2 ming tn (9,5%), Andijonda 16,0 ming tn (5,7%), Qashqadaryoda 14,5 ming tn (3,7%), Samarqandda 11,8 ming tn (4,8%), Xorazmda 2,2 ming tn (0,8%), Navoiyda 716 tn (0,1%) paxta xom-ashyosi mashinada terildi. (2019-yilda 105,5 ming tn (3,5%), 2020-yilda 238,6 ming tn (8%)).
2021-yilda Toshkent viloyati 34 ta, Jizzax 19 ta, Namangan va Samarqand viloyatlariga 1 tadan jami 56 ta paxta terish mashinalari xarid qilindi.
Qishloq xo‘jalik texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi tomonidan 22 turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarining davriy va 18 turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarining qabul sinovi amalga oshirildi. O‘tgan 2020-yilga nisbatan joriy yilda qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinovini o‘tkazish 22 foizga, sertifikatlashtirish ishlari 10 foizga o‘sishi ta’minlandi.
Talabnomalarga asosan ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarga qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalariga 770 ta muvofiqlik sertifikatlari berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: