Joriy yilning 10-11-avgust kunlari Toshkent davlat agrar universitetida Buyuk Britaniyalik professor, xalqaro ekspert Richard Woody tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, universitetning professor-o‘qituvchilari, doktorant hamda magistrlari, talaba yoshlar ishtirok etishmoqda.
Yevropa Ittifoqining Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va soha bo‘yicha bilimlarni oshirish dasturi (ASK) doirasida tashkil etilgan ushbu seminarda Oziq-ovqat va Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha xalqaro ekspert tomonidan mavzuga oid quyidagi yo‘nalishlarda huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilib, savol-javoblar o‘tkaziladi:
Seminar davom etmoqda. Bugungi davrning eng muhim mavzusi bo‘lgan Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga oid tadbirda taqdim etilgan eng muhim maʼlumotlar va mutaxassislarning fikrlarini keyingi postlarimizda berib boramiz.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: