Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirlik va uning tarkibidagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat statistika agentligi, Yevropa ittifoqi qishloq xo‘jaligini qoʼllab-quvvatlash va soha bo‘yicha bilimlarini oshirish ASK Facility loyihasi vakillari va jalb etilgan xorijiy ekpertlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi ko‘rsatkichlarini (indikatorlar) hisoblash uchun metama‘lumotlar tizimini yaratish, Milliy oziq-ovqat balanslarini hisoblashni qo‘llab-quvvatlash uchun ma‘lumotlar tizimini ishlab chiqish mavzulari bo‘yicha maʼruzalar qilindi.
Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga kiritilgan indikatorlarni hisoblashda yagona yondashuvni joriy etish, yangilarini kiritish, shuningdek sohada foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar uchun ma‘lumotlarni yaratish masalalari qizg‘in muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda strategiyaning 9 ta ustuvor yo‘nalishi kiritilgan shaffof statisitkani yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishchi guruhi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan navbatdagi vazifalar belgilab olingi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: