Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Alibaba group” strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Kris Zou boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Samimiy ruhda boshlangan uchrashuvda dastlab ikki tomon qishloq xo‘jaligi sohasidagi imkoniyatlar va hamkorlik istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi.
Maʼlumki, bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar har tomonlama strategik sheriklik ruhida jadal sur‘atlarda rivojlanmoqda. Ayniqsa, agrar sohadagi hamkorlik har ikki davlat uchun ham birdek manfaatli ekani, shubhasiz.
Buning natijasida O‘zbekistondagi fermer va tadbirkorlar bilan ishlashga Xitoy tadbirkorlari juda katta qiziqish bildirishmoqda. Hozirgi kunda hamkorlikda O‘zbekistonning 118 ta oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, tekstil korxonalari va boshqa yo‘nalishdagi korxonalarning 8000 dan ortiq mahsulotlarini Alibaba.com savdo bozorida sotadi. Bu natijalar yakuniy degani emas. Agrar soha esa qiziqarli va imkoniyatlari bisyor tizim hisoblanadi.
Uchrashuvda Aziz Voitov mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotini yirik qismi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelayotganini va shu bilan birga bizda yetishtirish va ishlab chiqarish tez surʼatlar bilan rivojlanayotganini taʼkidlab o‘tdi. O‘tgan yili O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 1,3 mlrd bo‘lgani va bu ko‘rsatkich bor imkoniyatlarni ishga solishga yetarli emasligi, hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘pligi qayd etildi.
O‘z o‘rnida, “Alibaba” savdo platformasi vakillari O‘zbekistonning barcha sohasi, xususan, qishloq xo‘jaligi ham jadal surʼatlarda rivojlanayotgani va bu tizimda bo‘ladigan o‘zgarishlarga ularning katta qiziqish bildirishayotganini eʼtirof etishdi. Xususan, savdo platformadagi O‘zbekiston tashkilotlari tomonidan sotilgan mahsulotlarning 43% i oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri kelganini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Alibaba.com” stategik rivojlanish” savdo platformasi bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlariga eʼtibor qaratildi. Xususan, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va oziq–ovqat mahsulotlari eksportini keskin oshirish maqsadida, kelgusi kelishuvlarga erishildi:
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: