Hujjat global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Unda asosiy e’tibor iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishga qaratilgan.
7-8-sentyabrda, O‘zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining texnik ko‘magida tashkil etilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya ishining yakuniy xulosasi o‘laroq, tadbir ishtirokchilari Samarqand deklaratsiyasini qabul qildilar.
Samarqand deklaratsiyasi 10 ta mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari, 7 mamlakatdan vazir o‘rinbosarlari, 13 mamlakatning yuqori darajadagi diplomatlari va 30 dan ziyod xalqaro hamda ilmiy tashkilotlar, shuningdek moliya institutlari vakillari ishtirokida o‘tgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlari yuzasidan erishilgan kelishuvlarni mustahkamlaydi.
«Global iqtisodiy tanazzul va o‘sishning sekinlashuvi iqlim inqirozining oqibatlari, agrooziq-ovqat tizimida investitsiyalarning yetishmasligi, oziq-ovqatlar narxining o‘sib borishi va tengsizlikning kuchayib borishi bilan uyg‘unlikda, bizni 2030-yilgacha Barqaror taraqqiyot sohasidagi maqsadlar (BTM)ga, ayniqcha BTM-2 (Nol ochlik)ka erishishga qaratilgan kursdan chetlatib yubordi. Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya butun dunyodagi agrooziq-ovqat tizimlari qayta tashkil etilishidagi ilgarilashuvning tezlashishi uchun jiddiy maydoncha bo‘ladi, pirovardida bu tizimlar dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar duch kelayotgan chaqiriqlarga alohida urg‘u berib, yanada samarali, inklyuziv va barqaror tus oladi. Bundan tashqari, konferensiyada yaxshilashning to‘rt yo‘nalishi: ishlab chiqarishni yaxshilash, ovqatlanish sifatini yaxshilash, atrof-muhit holatini yaxshilash va hayot sifatini yaxshilash maqsadida qishloq joylarda gender tenglikni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish va raqamli qishloq xo‘jaligi masalalari muhokama etiladi, bunda hech kim e’tiborsiz qolmasligi kafolatlanadi», — dedi FAO bosh direktori Syuy Dun’yuy.
Samarqand deklaratsiyasida ishtirokchi mamlakatlarning quyidagi maqsadlari aks etgan:
Shuningdek, deklaratsiyada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xususan dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan mamlakatlarga bu borada ko‘maklishishga qaratilgan bir qancha aniq chora-tadbirlar belgilab qo‘yilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: