O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Samarqandda o‘tayotgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida xorijiy hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Jumladan, Qatar munitsipalitet va atrof-muhit vaziri Abdulla bin Abdulaziz bin Turki as-Subayya bilan uchrashuvda tomonlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Aziz Voitov O‘zbekiston va arab mamlakatlari o‘rtasida agrar sohadagi hamkorliklar qadimdan mustahkam bo‘lib kelgani, bunda O‘zbekiston-
Qatar munosabatlari alohida o‘rin tutishini bildirdi.
Qatar tomoni chorvachilikni rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi. Bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilgan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri, o‘z navbatida, meva-sabzavotchilik yo‘nalishida ham ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifni o‘rtaga tashladi. Bu taklif Qatar munitsipalitet va atrof-muhit vaziri tomonidan qabul qilinib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishiga kelishib olindi.
Uchrashuv so‘ngida Qatar munitsipalitet va atrof-muhit vaziri Abdulla bin Abdulaziz bin Turki as-Subayya vazir Aziz Voitov va O‘zbekiston agrar sohasi vakillarini oktyabr oyida Qatarda o‘tkaziladigan “Qatar Expo” xalqaro ko‘rgazmasida qatnashishga taklif etdi.
Konferensiya ikki tomonlama uchrashuvlar va muhokamalarga boy o‘tmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: