O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Anvar Karimov Rasulevich qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Kuni kecha mazkur tayinlov munosabati bilan qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va departament boshlig‘lari, boshqarma boshliqlari hamda hududiy boshqarma rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Davlatimiz rahbari tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda vazirlik oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda birgalikda hamjihat bo‘lib mehnat qilish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan yangi tayinlangan qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Anvar Karimov jamoaga tanishtirdi.
Anvar Karimov Rasulevich 1977-yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti – oliy. 1998-yilda Guliston Davlat universiteti hamda 2002-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
U o‘z ish faoliyatini 1999-yil Sirdaryo viloyati Guliston shahri moliya bo‘limida iqtisodchi, 1-toifali iqtisodchi va yetakchi iqtisodchi lavozimlarida boshlagan.
2003-2007-yillar davomida Sirdaryo viloyati Guliston shahri va tumanida moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari va bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, 2005-2007-yillarda Sirdaryo viloyati hokimiyatida moliya bo‘limi mudiri, 2009-2014-yillarda Moliya vazirligida bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2014- yildan 2017-yilga qadar Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i va 2017-yilda Sirdaryo viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan.
2017-2019-yillar oralig‘ida Moliya vaziri o‘rinbosari hamda Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimlarini egallab kelgan.
2019-yilda Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Anvar Karimov mazkur tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan Xaydarov Axadbek Yahyobekovich Prezidentning tegishli qarori (PQ-261, 07.08.2023-yil) bilan iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: