Bugun Pokiston Respublikasi delegatsiyasi mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha loyihalar bilan tanishdi.
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” binosida o‘tkazilgan taqdimot va onlayn namoyishda mehmonlarga joriy etilayotgan axborot va geoaxborot tizimlari, shuningdek, sohani tartibga solishning o‘rnatilgan huquqiy asoslari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yer uchastkalarini berish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va yerdan foydalanuvchilarning ishlab chiqilgan axborot tizimlaridan foydalanishi bo‘yicha malakasini oshirish kabi ommabop xizmatlarni ishga tushirish va ko‘rsatishga ham e’tibor qaratildi.
Taqdimotda “E-IJARA”, “Agrosubsidiya”, “AKIS markazi”, “Uskunalar reestri”, “CropAgro”, “Agroplatforma”, Geoaxborot tizimi va Qishloq xoʻjaligi Geoportal tizimlarining faoliyatini tanishtiruv namoyishidan so‘ng Pokiston delegatsiyasi o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldi hamda respublikada amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: