Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hamda Pokiston Respublikasi Panjob viloyati Bosh vaziri Said Mohsin Raza Naqvi va “Ejaz Group” kompaniyasi rahbari Gohar Ijaz boshchiligidagi delgatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda bugungi kunda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning strategik xususiyatlari va agrar sohadagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani, kelgusida qishloq xo‘jaligi sohasi ravnaq topishidagi hamkorlikning mavjud imkoniyat va resurslarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda agrar sohadagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan hisoblangan paxta yetishtirish va urug‘chilik borasida hamkorlik qilish hamda birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish borasida ham fikr-mulohazalar almashildi.
Uchrashuv yakunida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi korxonalari va “Ejaz Group” kompaniyasi o‘rtasida paxtachilik va urug‘chilik yo‘nalishida hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish taklifi bildirildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: