2023-yilning 7-iyul kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Aziz Voitov va Jahon Banki vakillari Bayarsaihan Timurdavaa hamda Dilshod Xidirovlar o‘rtasida hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Bayarsaihan Timurdavaa mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va missiya yakunlari bo‘yicha muhokama etiladigan masalalar yuzasidan hisobotni taqdim etdi. Jumladan, hisobot doirasida “O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida kredit liniyalari bo‘yicha oziq-ovqat yo‘nalishlarini qo‘shish va lizing kompaniyalarini ishtirokiga ruxsat berish o‘rganildi.
Prezident tomonidan tasdiqlangan yangi fan-taʼlim integratsiyasi qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida qurilishlarni davom ettirish masalasi tasdiqlangani ta’kidlandi.
Shuningdek, AKIS va Agrobank hamkorligida yangi tizimni loyihaga kiritish masalasi muhokama etildi.
Shuningdek, uchrashuvda “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha ham hisobot tinglanib, bu borada fikr-mulohazalar almashildi. Xususan, loyiha doirasida taqsimlanmagan 14,5 mln dollar mablag‘larning 10 mln dollarini loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari orqali kredit liniyasiga yo’naltirishga ruxsat berish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Taqsimlanmagan mablag‘larning qolgan 4,5 mln dollarini Farg‘ona oziq-ovqat texnologiyalari institutining infratuzilmasini takomillashtirishga yo‘naltirish taklifi o‘rganildi. Shu bilan birga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan 5.0 mln dollar mablag‘ hisobidan Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi orqali startap va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga ruxsat berish masalasi ham eʼtibordan chetda qolmadi.
Muloqotdan so‘ng Vazir O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga ko‘rsatilayotgan eʼtibor va ko‘mak uchun Jahon Banki vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, mana shunday ikki tomonlama foydali bo‘lgan uchrashuvlarni har oyda bir marotaba o‘tkazish va shu asnoda kelgusi rejalarni kelishib olish taklifini bildirdi. Jahon Banki vakillari ham bu taklifni qo‘llab-quvvatlashdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: