“2023–2026 yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–260-son, 03.08.2023 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023–2024 yillarda:
2023 yil 1 avgustdan:
Bunda Jamg‘arma mablag‘lari “Qishloq qurilish bank” ATBga Markaziy bankning asosiy stavkasida resurs sifatida joylashtiriladi hamda loyiha tashabbuskorlariga 10 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 2 foizdan ko‘p bo‘lmagan marja bilan tijorat krediti ajratiladi;
Bunda yangi uzumzorlarni 1 gektardan 10 gektargacha bo‘lgan maydonlarda barpo qilish bo‘yicha loyihalar Agentlik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtiriladi, yirik uzumchilik plantasiyasi shaklidagi loyihalar “Qishloq qurilish bank” ATB kreditlari hisobidan amalga oshiriladi;
2024 yil 1-fevralgacha uzumchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlar ilmiy muassasalari hamda ilg‘or tajribaga ega xalqaro tashkilotlardan 100 nafarga yaqin soha mutaxassislari jalb qilinadi.
Xorijdan keltirilgan sovuqqa chidamli, urug‘siz, hosildorligi yuqori 34 xildagi uzum navlarini “in-vitro” laboratoriyalarida respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha sinov-tajribalar tashkil qilinadi.
Qarorga ko‘ra,“Made in Uzbekistan” brendi ostida xorijiy davlatlarda milliy vino savdo uylarini ochish hamda vino mahsulotlari eksportini targ‘ib qilish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Qaror bilan Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda davlat nazoratini olib borish boshqarmasi tashkil etildi.
Mazkur boshqarma iste’mol va texnik etil spirti, alkogolь va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga lisenziya berish, lisenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish ishlarini tashkil etishga mas’ul hisoblanadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: