Joriy yilning 1-7-iyul kunlari Italiya poytaxti yana bir nufuzli tadbirga mezbonlik qiladi. Qarorgohi Rimda joylashgan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) o‘zining 43-konferensiyasini o‘tkazayapti. Mazkur anjuman doirasida navbatdagi muddatga tashkilot bosh direktori saylanadi va lavozimiga kirishadi.
Ayni jarayonda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi vakillari Rimda bo‘lib turishibdi. Delegatsiyaga O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchilik qilmoqda.
Konferensiya davomida turli sessiyalar tashkil etilishi belgilangan. Unda ishlab chiqarishni takomillashtirish orqali suv resurslaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat isteʼmoli sifatini yaxshilash, atrof-muhit holatini yaxshilash hamda hayot tarzini takomillashtirishga oid qator masalalar muhokama qilinadi. Yagona va konstruktiv yechimlar belgilanishi kun tartibidan o‘rin olgan.
Bugundan O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur tashkilot tadbirlaridagi ishtiroki boshlandi. Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy tadbirlarda O‘zbekistondan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi delegatsiya qatnashmoqda.
FAO konferensiyasining kun tartibidan o‘rin olgan masalalar bugungi global o‘zgarishlar davrida o‘zining ahamiyati bilan alohida ajralib turadi. O‘zbekiston uchun ham inchunun. Bunda har tomonlama maqbul qishloq xo‘jaligini tashkil qilish, tashqi omillar taʼsiridan himoyalana oladigan agrotizim yaratish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi masalalarining majmuaviy yechimi hamda istiqbollarini belgilash shular jumlasidan.
Sessiya davomida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov yuqoridagi masalalar ijrosi yuzasidan hamkor va yaxshi sheriklik munosabatlari mavjud bo‘lgan tashkilot va davlatlar mutasaddilari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi belgilangan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: