Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Yong'oq

AGRO.UZ > Yong’oq
AGRO.UZ > Yong’oq

Markaziy Osiyodan tashqari Kavkazorti, Moldova, Qrim, Shimoliy Kavkaz, Ukrainada o‘sadi. Bolqon yarim oroli, Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Pokiston, Xitoy, Koreya va Yaponiyada ham yetishtiriladi.

Yong‘oq – issiqsevar o‘simlik, ammo qishda baʼzan 27-28 °С gacha pasayadigan joylarda ham o‘stiriladi.

Yong‘oq yorug‘sevar o‘simliklar bilan soyaga chidamli turlari o‘rtasidagi oraliq o‘rinni egalaydi, biroq yorug‘lik yetarli bo‘lganda, mo‘l hosil beradi. Nam yetarli bo‘lgan tuproqlardagina yaxshi o‘sadi.

Mevasi naviga, ob-havo sharoitiga va o‘sadigan joyiga qarab, 10 sentyabrdan 10 oktyabrgacha pishadi.

Yong‘oq daraxti 8-10, payvand qilingani esa 4—6 yildan boshlab hosilga kiradi. Ayrim tezpishar navlari ikki-uch yoshdayoq meva bera boshlaydi. Bir tup yong‘oqdan qulay sharoitda 100-150 kilogramm, hatto 300-500 kilogrammgacha hosil olish mumkin.

Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida naviga qarab, yong‘oqning 4 ta navi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan yong‘oq mahsuloti Avstriya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belorus respublikasi, Bosniya va Gersegovina, Germaniya, Gruziya, Isroil, Hindiston, Iroq, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Livan, Mongoliya, Niderlandiya, BAA, Rossiya, Siriya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Yong‘oq navlari

Daraxtining bo‘yi baland, ko‘chati ekilgandan so‘ng to‘rtinchi yili hosilga kiradi.

Yong‘og‘i yirik, keng tuxumsimon. Bu nav sovuqqa va har xil kasalliklarga bardoshliligi bilan boshqa navlardan ajralib turadi.

Akademik M.Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasidan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, 15 yillik daraxtdan 7,5 kg, sakkiz yillik daraxtdan 10 kg hosil terib olingan.

Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.

1967-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Muallif: S. Kalmikov.

Mamlakatimiz hududida Sirdaryo viloyatidan tashqari hamma viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi baland, shox-shabbasi keng tuxumsimon. Ko‘chati ekilgandan so‘ng hosilga juda erta kiradi, birinchi yili hosil bera boshlaydi.

Yong‘oqning shakli yassi-dumaloq.

Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasidan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, sakkiz yillik daraxtdan 3,3 kg, o‘n yillik daraxtdan 12-13 kg hosil terib olingan.

Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasi.

1967-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Muallif: S. Kalmikov.

Mamlakatimiz hududida Sirdaryo viloyatidan tashqari hamma viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi baland, shox-shabbasi keng sharsimon shaklda, mag‘izi shirin, seryog‘.

Mevasi keng tuxumsimon, och yashil, vazni o‘rtacha bo‘lib, ko‘chati ekilgandan so‘ng oltinchi yili hosil bera boshlaydi.

Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasidan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, sakkiz yillik daraxtdan 3,3 kg, o‘n yillik daraxtdan 12-13 kg hosil terib olingan.

Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasi.

Muallif: S. Kalmikov.

1967-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi baland bo‘lib, mevasi yassi dumaloq, och yashil rangda.

Yong‘og‘i yirik, o‘rtacha vazni – 12,3 g. Mag‘izi shirin, yog‘li, po‘stlog‘i oson ajraladi.

Akademik M.Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasidan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, 11 yillik daraxtdan 28,6 kg hosil olingan.

Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasi.

Muallif: S. Kalmikov.

1973-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: