Joriy yilning 24-yanvar kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida qishloq xo‘jaligida ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga bag‘ishlangan respublika ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tmoqda. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan agrar sohaga daxldor mutasaddi vakillar, agroklaster va ilg‘or fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda agroklasterlar faoliyatini yanada kengaytirish, tokzorlar barpo etish, qator oralarida sabzavot mahsulotlari yetishtirish, yoqilg‘isiz isitiladigan ixcham issiqxonalar bunyod etish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish hamda pillachilikni rivojlantirish orqali aholi bandligi va daromadini ko‘paytirish masalalari Sirdaryo viloyati tajribasi misolida o‘rganilmoqda.
Tadbir qatnashchilari “Sardoba Universal Cluster” ko‘p tarmoqli klasteri tomonidan 80 gektar maydonda barpo etilgan tokzor, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari, shuningdek, tashkil etilgan zamonaviy pillaxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: