Makkajo‘xori qo‘ng‘irboshlar oilasiga kiradi. Vatani – Markaziy va Janubiy Amerika (Meksika, Gvatemala) hisoblanadi. Markaziy Amerikaning mahalliy aholisi uni eramizdan oldin, 3400-2300 yil oldin yetishtirishni boshlagan. O‘rta Osiyoga ota-bobolarimiz XIX asr boshlarida Makkayu Madinaga haj safariga ziyoratga borgan paytlarida urug‘laridan olib kelishgan va dalaga ekishgan, o‘sib turgan ekinini ko‘rib, o‘zimizda o‘sadigan oq jo‘xori ekiniga o‘xshashligi va urug‘i Makkayu Madinadan keltirilganligini inobatga olib, makkajo‘xori deb nom berishgan. Shirin makkajo‘xori sut pishish davrida konserva tayyorlash uchun ishlatiladi. Yorug‘likka talabchan. Makkajo‘xori yer tanlamaydi. Uni har qanday ekindan bo‘shagan yerga ekish mumkin. O‘sib rivojlanish davrida ko‘p suv talab qilmaydi.
Mamlakatimiz hududida ko‘proq Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida shirin makkajo‘xorining 15 ta navi ekiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: