Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Sabzavot soyasi

AGRO.UZ > Sabzavot soyasi
AGRO.UZ > Sabzavot soyasi

Sabzavot soyasi Xitoydan kelib chiqqan bo‘lib, 5000 yildan buyon yetishtiriladi va u Xitoydan Koreya, Yaponiya, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Nepal, Filippin, Tailand va Vyetnam mamlakatlariga tarqalgan. Soyani asosiy ishlab chiqaruvchi-mamlakatlar AQSH, Braziliya, Argentina, Xitoy, Hindiston, Paragvay, Kanada va Indoneziya hisoblanib, birgalikda 80% soya ishlab chiqariladi. Sabzavot soyasi jahonda 400 ming gektardan ortiq maydonlarda yetishtirilib, insonlar tomonidan sevib isteʼmol qilinuvchi sabzavot turi hisoblanadi. Sabzavot soyasi yuqori ozuqabop va shifobaxsh bo‘lib, o‘zida faol biologik moddalar, vitaminlar, mineral tuzlar, oqsil, organik kislotalar, kletchatka, pektin moddalarga boy hisoblanadi.

Mamlakatimiz hududida ko‘proq Toshkent viloyatida sabzavot soyasining 3 ta navi ekiladi.

Sabzavot soyasi navlari

1000 dona urug‘ining vazni 70 gr. Bahorgi va yozgi mavsumlarda ekishga mo‘ljallangan. O‘suv davri 93 kun.

Hosildorligi Toshkent nav sinash uchastkasida 22.1 s/ga ni tashkil etgan.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti

Mualliflar: ATSIRO – Umumjahon sabzavotchilik markazi. Mamlyanova R.F, Alimov J.A, Pirnazarov J.R

2007-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

1000 dona urug‘ining vazni 67-68 gr. Bahorgi va yozgi mavsumlarda ekishga mo‘ljallangan. O‘suv davri 85 kun.

Hosildorligi Toshkent nav sinash uchastkasida 34.4 s/ga ni tashkil etgan.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti

Mualliflar: ATSIRO – Umumjahon sabzavotchilik markazi. Mamlyanova R.F, Alimov J.A, Pirnazarov J.R, Zuyev V.I., Yuldashev F.

2008-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

1000 dona urug‘ining vazni 262 gr. Bahorgi va yozgi mavsumlarda ekishga mo‘ljallangan. O‘suv davri 85 kun.

Hosildorligi Toshkent nav sinash uchastkasida 41.1 s/ga ni tashkil etgan.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqotlar instituti

Mualliflar: ATSIRO – Umumjahon sabzavotchilik markazi. Mamlyanova R.F, Alimov J.A, Pirnazarov J.R, Zuyev V.I.

2011-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: