Agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligini bilan yaqindan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturiga muvofiq, Amudaryo tumani “Choyko‘l” OFY hududidagida “Choyko‘l do‘stlik” fermer xo‘jaligi dalasida joriy yil mavsum hosili uchun urug‘lik chigit ekish ishlari bilan tanishdi.
Vazir o‘z navbatida tadbirkorning faoliyati bilan tanishar ekan, ekin yetishtirish texnologiyasi, hosildorlikni oshirish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi.
Shundan so‘ng ayni shu yerning o‘zida o‘quv-dala seminari tashkil etildi. Seminarda klaster va fermer xo‘jaligi rahbarlari, soha olimlari va mutasaddi vakillar ishtirok etdi.
Seminar uchun bu hududni tanlangani ham bejiz emas. Sababi Xitoydan keltirilgan chigitni yerga qadashdan tortib, unga beriladigan o‘g‘itlar, kelgusi hosildorlik, agrotexnik tadbirlarga rioya qilishning ahamiyati va mohiyati yuzasidan shu yerning o‘zida amaliyot sifatida ko‘rsatib, tushuntirib berildi.
Ayni paytda dunyodagi o‘zgarishlar fonida agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bois, kechagi tajriba bugunga mos emasligi, texnika va texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir paytda qishloq xo‘jaligi ekinlarini, xususan, paxtani tomchilatib sug‘orishga to‘liq o‘tkazish, kanal va ariqlarni betonlash orqali mavjud suv zaxirasidan unumli foydalanish, shuningdek yetishtirilayotgan mahsulotlarning qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish – bugungi davr talabi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Vazir o‘z navbatida, bugun dunyoda bo‘layotgan global o‘zgarishlar, ilm-fan va texnika taraqqiyoti ildam odimlayotgan bir paytda mahsulot yetishtiruvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘zaro munosabatlarda har tomonlama maqbullik nuqtai nazaridan yondashish lozimligi, mamlakatimizda iqtisodiyotni, jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, fermer, klaster hamda kooperatsiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalasiga har doimgidan ham ko‘proq ahamiyat berilayotganini qayd etdi.
Aytilganidek, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi-oziq-ovqat tizimlarini o‘zgartirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, shu bilan birga munosib ish o‘rinlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, hosildorlikni oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish, uning xavfsizligini ta’minlash, eksport geografiyasini kengaytirish – xalqimizning turmush sharoitini oshirish imkonini beradi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: