Xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar Buyuk ipak yo‘li tarixi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, milliy qadriyat va an’analarimiz jahon madaniyatini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan, savdo aloqalarimiz dunyo ahliga o‘z davrining noyob buyumlarini taqdim etgan. Bugun insoniyatning kundalik ehtiyojlariga aylangan choy, paxta, ipak, qog‘oz kabi mahsulotlar ularning bir qismi, xolos.
O‘zbekiston savdo tovar aylanmasi bo‘yicha, 2022-yilda Xitoyga umumiy qiymati 121,1 mln dollarlik 146,8 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari (mosh, quritilgan olxo‘ri, uzum, gilos) yetkazib berilgan.
2023-yilning yanvaridan 14-dekabiriga qadar Xitoyga umumiy qiymati 183,4 million dollarlik 214 ming tonna meva-sabzavot va oziq-ovqat (mosh, meva sharbatlari, quritilgan olxo‘ri, quritilgan uzum va gilos) mahsulotlari eksport qilingan.
Xitoydan O‘zbekistonga 2023-yilning yanvaridan 14-dekabriga qadar Xitoydan umumiy qiymati 106,3 million dollarlik 104,5 ming tonna meva-sabzavot va oziq-ovqat (choy, qandolat, mandarin, nok, tamaki, kungaboqar urug‘lari, chorva ozuqasi) mahsulotlari import qilingan.
Aytish kerak, Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan davlatlardan biridir. Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 700 dan ziyod kompaniya va korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yillar davomida xitoylik sarmoyadorlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 7,8 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritgan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: