Joriy yilning 8-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun “edo.ijro.uz” ijro intizomi yagona elektron tizimida ishlash samaradorligini oshirish, xodimlarning malakasini oshirish, tizimda yo‘lga qo‘yilgan yangi jarayonlarni keng tushuntirish maqsadida Elektron hukumat loyihalari va axborot xavfsizligi bo‘limi, Nazorat va ijro intizomi bo‘limi, Devonxona tomonidan amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda tizim operatori “Unicon-soft” MChJ bo‘lim boshlig‘i I.Muhammadibrohimov ishtirok etib, seminar qatnashchilariga “edo.ijro.uz” ijro intizomi yagona elektron tizimidagi yangiliklar haqida keng tushuntirib berib o‘tdi.
Elektron hukumat loyihalari va axborot xavfsizligi bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Kadirshayev, Nazorat va ijro intizomi bo‘limi bosh mutaxassisi N.Pardayev va Devonxona bosh mutaxassisi I.Azimqoriyevlar tizimda ishlash jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida berilgan savollarga javob berdi.
Seminar yakunida xodimlar tomonidan “Unicon-soft” MChJ bo‘lim boshlig‘i I.Muhammadibrohimovga tizimni yanada qulay ishlashi uchun bir qancha takliflar berib o‘tildi va inobatga olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: