Barcha sohalarda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida ham kutilgan natijaga erishishning birlamchi omili ilm hisoblanadi.
Ayni yo‘nalishdagi ishlar bilan tanishish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldoshev va vazirlik huzuridagi Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov rahbarligidagi ishchi guruh tizimdagi bir qator institutlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tanishuv jarayonida erishilgan yutuqlar va kamchiliklar tahlil qilindi.
Erishayotgan yutuqlarimiz ko‘p. Biroq yechimini kutayotgan muammolar, og‘riqli nuqtalar ham yetarli. Masalaga yechim topish esa tashabbuskorlik va izlanuvchanlikni talab qiladi. Agar soha olimlari dehqonning og‘irini yengil qila olmasa dehqonda olimga nisbatan ishonch butkul yo‘qoladi, – dedi Milliy markaz rahbari Sh. Otajonov.
Ilmiy-tadqiqot institutlarida o‘tgan uchrashuvlar yakunida tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: