O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi “Qishloq xo’jaligida hosildorlikni oshirish va suvdan samarali foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi bayonida g’alladan 100 sentner don hosili yetishtirish bo’yicha topshiriq berilgan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Farg’ona viloyatining shahar va tumanlarida “Ekishga tavsiya etilgan bug’doy navlarining potensial imkoniyatlari yuqori hosil yetishtirishda qo’llaniladigan innovatsion agrotexnologiyalar, begona o’t, kasallik va zararkunandalarga qarshi zamonaviy kurash choralari hamda sug’orish tartiblari ” mavzusida 2024-yil 15-17-yanvar kunlari seminar bo’lib o’tdi.
Unda g’alla yetishtiruvchi fermer va dehqon xo’jaliklari rahbarlariga O‘simliklar karantini va himoyasi ITI va Don va dukkakli ekinlar ITI olimlari, Farg’ona viloyat Agroxizmatlar markazi AKIS xodimlari zarur tavsiya va tajribalarni aytib o’tdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: