BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili o‘rinbosari Nabil Ganji Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tashrifi doirasida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, turli sohalardagi loyihalarning borishi bilan tanishdi.
Bular qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish, kartoshkachilik va sholichilik tarmoqlarini rivojlantirish, o‘rmonlarni barqaror boshqarish, cho‘llarning bioxilma-xilligini muhofaza qilish, qurg‘oqchilik va sho‘rlanish xavfiga qarshi kurashish, asalarichilik, issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish, chigirtkalarga qarshi kurash kabi sohalardir.
Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida janob Ganji “Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangi qishloq xo‘jaligi bozorlari” panel sessiyasida maʼruzachi sifatida ishtirok etdi hamda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha faoliyatni yana-da takomillashtirishga doir o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
“So‘nggi besh yilda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida misli ko‘rilmagan keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Bozor mexanizmlari, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va klaster ishlab chiqarish tizimiga o‘tish, shular jumlasidan.Toshkent investitsiya forumi zarur investitsiyalar hajmi va ketma-ketligi, davlat va xususiy investitsiyalarning rolini yaxshiroq tushunish, qishloq xo‘jaligida xususiy investorlar uchun mavjud imtiyozlarni topish yo‘lidamunosib rag‘bat yaratadi,” – deya taʼkidlab o‘tdi Nabil Ganji.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: