Bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ekin turlari uchun mos yer tanlashdan tortib, unga ishlov berish, yetishtirilgan hosilni yig‘ishtirib, iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonni raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa albatta ushbu jarayonda shaffoflikni ta’minlash, samaradorlikka erishish, mahsulot sifatini oshirishda, shuningdek, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ma’lum bir hududlarda ehtiyojini oshirish yoki tushirish kabi sun’iy to‘siqlarga barham berishda muhim ahamiyatga ega.
Shu bois Vazirlik va uning huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish, yer maydonlaridan oqilona foydalanish, suv resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish, sohada foydalanuvchilarning malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, elektron tijorat va elektron bozorni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinovdan o‘tkazish, subsidiyalarni ajratish kabi yo‘nalishlarda 10 dan ortiq raqamlashtirish loyihalari amalga oshirilmoqda.
Mazkur axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha yurtdoshlarimizning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida hududlarda o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. 2023 yil 30 yanvardan 28 fevralga qadar respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladigan o‘quv seminarlari mavjud axborot tizimlaridan foydalanuvchi klaster, fermer, dehqon, davlat idoralari bo‘linmalari hamda qiziqishi mavjud yurtdoshlarimiz uchun tashkil etilmoqda.
Sodda qilib aytsak, raqamlashtirish – bu eng avvalo sohada mashg‘ul bo‘lganlar bilan bir qatorda, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishga jazm qilganlarga ham birdek qo‘l keladi. Boisi, avvallari mavhum yoki tushunarsiz bo‘lgan ko‘pgina masalalarga oydinlik kiritiladi. Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi orqali foydalanuvchilar elektron platformaning afzalliklari va qulayliklaridan o‘zlari, hech kimning yordamisiz foydalanishlari mumkin. O‘zgarib boruvchi bozor talablari va ayni kundagi mahsulot yetishtirish bilan bog‘liq barcha yangiliklar ayni platformalardan o‘rin oladi. Buning uchun esa seminar mohiyatini tushunish va unda ishtirok etib, bu boradagi bilimlarni takomillashtiish kifoya.
Mazkur seminarlarda shu jumladan qishloq xo‘jaligi maqsadlari, jumladan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlovlar orqali yer maydonlarini ajratishda foydalaniladigan “E-IJARA” axborot tizimi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar uchun subsiyadilarni ajratishga mo‘ljallangan “AGROSUBSIDIYA” axborot tizimi va ekinlarning holatini yerni masofadan zondlash materiallari yordamida tahlil qilish bo‘yicha “GEOAXBOROT” tizimlarining imkoniyatlari onlayn namoyish qilish bilan birga, foydalanish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek yuzaga kelgan savollarga batafsil javoblarni taqdim etilmoqda, foydalanuvchilarning tizimlarda ishlab bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari shakllantirilmoqda.
Bugun Andijon viloyatining Buloqboshi va Shaxrixon tumanlari hamda Surxondaryo viloyatining Bandixon, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Termiz tumanlarida mana shunday seminarlar o‘tkazildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM mutaxassislari ishtirokidagi ushbu seminarlar fevral oyining oxiriga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda o‘tkaziladi.
O‘quv seminarida ishtirok etish hamda o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olish uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:
71 206-71-49,
71 206-71-55,
71 206-71-43
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: