Yuqorichirchiq tumanidagi Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiyalar va agroxizmatlar AKIS markazida fermer hamda qishloq xo‘jaligi vakillari uchun ”Urug‘chilik — qishloq xo’jaligining istiqboli” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda vazirlik tizimidagi barcha ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va xususiy sektor vakillari o’z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda ITI olimlari klaster vakillari va fermerlarga bugungi kunning dolzarb mavzusi bo‘lgan mahalliy urug‘chilik maktabini saqlab qolish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tishdi. Asosiy urg’u fan va ta’lim yangiliklari, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi vakillarining daromadini oshirishga qaratildi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, olimlar tomonidan paxta va g‘alla urug‘chiligi sohasida faol ish olib borilmoqda. Xususan, paxtaning “Omad” navi negizida yaratilgan turlari tezpishar, hosildorligi yuqori va tolasining mustahkamligi bilan ajralib turadi. Bu navning ijobiy tarafi sizot suvi yaqin joylarda ham yuqori hosildorlikni saqlab turadi, o‘sib ketmaydi, garmselga bardoshli va hosilini yuqori issiqda ham saqlab qoladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: