O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi veb-sayti tezkor aloqa chatiga foydalanuvchilardan savollar kelib tushmoqda. Savollar agrar sohaga oid turli mavzularda bo‘lib, ularga vazirlikning tegishli mutaxassislari ishtirokida javoblar tayyorlanmoqda.
Joriy yilda yoshlarga 1,0 gektargacha bo‘lgan hajmda yer maydoni ajratilishi yuzasidan ma’lumot bersangiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-son qarori bilan zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga berish tartibi tasdiqlangan.
Shu bilan birga, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda o‘z tomorqasida meva-sabzavotchilik, poliz mahsulotlarini yetishtirish va uzumchilikda yaxshi natijalarga erishgan, ushbu sohalardan birida tayanch mutaxassislikka ega bo‘lgan fuqarolarga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga alohida ustuvorlik berilishi belgilangan.
Qishloq xo‘jaligi maqsadlari, shu jumladan, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish, ularni vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish «E-IJARA» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
qishloq xo‘jaligi maqsadlari, shu jumladan, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari «E-AUKSION» elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlov o‘tkazish orqali ijaraga beriladi.
Shu sababli, 0,10 gektardan 1,0 gektargacha bo‘lgan yer maydonalarini ajratish masalasi belgilangan tartibda ochiq elektron tanlovlarda hamda “E-AUKSION” elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlovlarda ishtirok etish orqali hal etiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: