Yopiq vertikal ferma qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirishning innovatsion usuli. Uning o‘ziga xosligi esa kichik hududdan yuqori hosildorlikka erishishdir. Gektariga o‘rtacha guruch hosildorligi uch tonnadan olti tonnagacha. Biroq, dehqon va fermerlar yopiq vertikal dehqonchilikdan foydalanganda bu cheklovga duch kelmaydi. Yopiq joylarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini vertikal ravishda yetishtirishda nazorat qilinadigan muhitda bir-birining ustiga qo‘yilgan mahsulotlar ekiladi. Texnologiya tor joylarda hosildorlikni oshirish uchun vertikal ravishda o‘rnatilgan o‘sadigan javonlardan foydalanadi. Maxsus javonlar uchun unumdor tuproq shart emas, balki gidroponika yoki aeroponika usulidan foydalaniladi.
Gidroponika – bu o‘simliklar suvda va ozuqaviy eritmalarda o‘stiriladigan bog‘dorchilik, sabzavotchilik va polizchilikning yangi usuli.
Aeroponikada o‘simliklarning ildizlari havoda osib qo‘yiladi va emitterlar vaqti-vaqti bilan ularni suv va ozuqa moddalari bilan sug‘oradilar.
Yopiq vertikal fermalar dehqon va fermerlarga yorug‘lik, harorat, suv va ba’zan karbonat angidrid darajasi kabi o‘zgaruvchilarni nazorat qilish imkonini beradi, bu esa ularga sog‘lom va yuqori hosil olish imkonini beradi.
Texnologiyaning boshqa afzalliklari orasida suv sarfini 70 foizga kamaytirish, elektr quvvatini tejash, o‘rim-yig‘im va ekish uchun robotlardan foydalanish orqali mehnat xarajatlarini kamaytirish kiradi. Biroq bu usulda dehqonchilikning yana bir afzalligi inson mehnatidan, ya’ni kam kuch sarfi bilan yuqori hosildorlik, sifatli va eksportbop organik mahsulot yetishtirish qulay va daromadi boshqa usulda mahsulot yetishtirishdan ko‘ra salmoqli bo‘ladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: