Andijon viloyati Ulug‘nor tumani Guliston mahallasida 3550 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. 265 ga yaqin xonadon issiqxonachilik faoliyati bilan shug‘ullanib keladi.
Mahalla aholisi issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor, bodring, karam va boshqa turdagi niholchalar va shu qatori pishib yetilgan hosillarni ichki va qo‘shni davlatlar bozorlarga yetkazib beriladi. Mahsulotning 30 foizi eksport qilinadi.
Xususan, Yetmishboy Ortiqov va uning turmush o‘rtog‘i Diloromxon aya farzandlari bilan o‘z tomorqasida mavjud issiqxonasida bodring, pomidor va turli ekinlarni parvarish qilish bilan band. Ushbu oilani asosiy daromadi shundan iborat.
Erta tongdan issiqxona tomon yo‘l oladigan tadbirkor, bu yil o‘z yeridan ko‘proq daromad topish umidida. Zero, yer – xazina. Uning har bir qarichidan samarali foydalanilsa, daromad shuncha oshadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: