Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Global Yashil o‘sish instituti (GGGI)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari A.Rassl bilan uchrashdi.
Unda Global Yashil o‘sish instituti O‘zbekistondagi faoliyatini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish va Orol dengizi havzasidagi keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish va salohiyatni oshirishda mamlakatimizning ishonchli hamkoriga aylangani alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orolbo‘yida qishloq xo‘jaligining ekologik va iqtisodiy barqaror usullarini qo‘llash borasida fikrlar almashildi.
Uchrashuv yakunida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Global yashil o‘sish instituti o‘rtasida “Iqlim uchun bezarar qishloq xo‘jaligi va “yashil” o‘sish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida”gi anglashuv Memorandumi imzolandi.
Asosiy maqsad esa, yer, suv va energetika resurslaridan samarali foydalanishni yaxshilashga qaratilgan iqlim uchun bezarar va chidamli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, tiklanuvchi energiya manbalari hamda yashil investitsiyalar sohalaridagi tenglik, o‘zaro qiziqish va manfaatdorlikni oshirish.
Shubhasiz, bu kabi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: