Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Xurmo

AGRO.UZ > Xurmo
AGRO.UZ > Xurmo

Xurmo-xurmodoshlar oilasiga mansub subtropik daraxt yoki butalar turkumi, ekidadigan meva daraxti. Tropik va subtropik mintaqalarda 500 ga yaqin turi uchraydi. Xitoy, Yaponiya, O‘rta Yer dengizi bo‘yi mamlakatlari, Avstraliya, AQSH, Kavkaz, O‘rta Osiyoda ekiladi.

Xurmo, asosan, urug‘idan ko‘kartirilgan niholga payvandlash yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Qumli, shag‘alli va sho‘r yerlarni yoqtirmaydi. Bir tup daraxtidan 250 kg gacha hosil olinadi.

Ayni paytda mamlakatimizning janubiy va markaziy hududlarida xurmoning 5 ta navi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan xurmo mahsuloti Afg‘oniston, Belorus respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Moldaviya, BAA, Polsha, Rossiya, Turkmaniston, Ukraina, Chexiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Xurmo navlari

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha, shox-shabbasi sharsimon, qalin, ko‘chati ekilgan-dan so‘ng 3-4 yili hosilga kiradi.

Mevasi mayda va o‘rtacha bo‘lib, oktyabr oyining uchinchi o‘n kunligida pishadi, mevasining o‘rtacha vazni – 91 g. Mevasining shakli dumaloq yoki dumaloq-uzunchoq. Eti to‘q jigarrang, mazasi shirin, yaxshi yetilganda sershira bo‘ladi.

Hosildorligi – 194,5 s/ga, eng yuqori hosildorligi 338,0 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Yaponiya.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Namangan viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha, shox-shabbasi dumaloq. Mevasi yirik, bir xil kattalikda, yassi, po‘sti qalin, zich, silliq, yaltiroq. Mevasining o‘rtacha vazni – 156 g, rangi tillarang-sariq, eti sariq, sershira, mazasi shirin.

Nav kechpishar bo‘lib, mevasi oktyabr-ning ikkinchi o‘n kunligida pishadi.

Hosildorligi – 203,5 s/ga, eng yuqori hosildorligi 333,5 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Tojikiston yerchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

1991-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Surxondaryo viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi baland, shox-shabbasi keng piramidasimon, ko‘chati ekilgandan so‘ng hosilga uchinchi-to‘rtinchi yili kiradi. Mevasi noyabrning ikkinchi o‘n kunligida pishadi, yirik, yassi-dumaloq, o‘rtacha vazni – 252 g, eti sertola, sershira.

Hosildorligi – 43,9 s/ga, eng yuqori hosildorligi 68 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Yaponiya.

1973-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Surxondaryo viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi baland, shox-shabbasi qalin, gumbazsimon. Mevasi dumaloq, uch tomoni uzunchoq, noyabrning birinchi o‘n kunligida pishadi, o‘rtacha vazni – 161 g. Eti och qizil-sariq, sertola.

Hosildorligi – 278,8 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 480,0 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Yaponiya.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Surxondaryo, Namangan viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: