Inson salomatligida oqsil moddalariga to‘yinganlik katta rol o‘ynaydi. Aholining oqsilga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda esa, baliqchilik tarmog‘i muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda respublika aholisini sifatli baliq va baliq mahsulotlari bilan ta’minlash, baliq yetishtirish hajmini oshirish, sohaga yangi, resurs tejovchi va intensiv texnologiyalarni joriy etish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida ham boshqa sohalar qatori baliqchilik sohasiga ham katta e’tibor berib kelinmoqda.
Jumladan, mazkur tumanda joylashgan “Ummon baliq” fermer xo‘jaligi ham buning ayni isboti.
Mazkur xo‘jalik 2003-yilda tashkil topgan bo‘lib, 100 gektar hududda sun’iy ko‘l hosil qilingan. Bu yerda har bir gektarida qariyb 10 tonnadan baliq yetishtirilmoqda. Hozirda Qozog’iston Respublikasiga 200-300 kilogramm qora ikra, 100 mingta eksportbop baliq yetkazib berish ustida ish olib borilmoqda.
Yarim intensiv usulida tashkil etilgan bu suv havzasi orqali bugun nafaqat mahalliy aholi, balki xorijiy mamlakat aholisi ham bahramand bo‘lmoqda.
Shuningdek, bu yerdagi baliqlarga kislorod yetkazib berish maqsadida 24 ta ballondan foydalaniladi.
Qilinayotgan harakat, bugun kutilgandan-da ko‘p natija berayotganini ushbu kompleksdan ham bilish mumkin. Tadbirkor bu yil 1 tonna qora ikra va 20 tonna baliq go’shti bilan aholi dasturxonlarini to’ldirishni niyat qilgan. Zero, har bir qilingan mehnat albatta o‘z samarasini beradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: