Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi

AGRO.UZ > Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi
AGRO.UZ > Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi
photo-55
Madumarov Suxrob Anvarovich
Boshqarma boshlig‘i
Ish vaqti: 09:00 – 18:00
Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari: 

Agrosanoat kompleksi sohasida, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni, shu jumladan investitsion loyihalarni ishlab chiqish va shakllantirishga ko‘maklashish, amalga oshirish, ular ustidan nazorat o‘rnatish va muvofiqlashtirish;

– agrosanoat kompleksi, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida loyihalarni, shu jumladan, investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kredit, grant va texnik ko‘maklashish mablag‘larini jalb qilish;

– agrosanoat kompleksi shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish;

– loyihalar va subloyihalarning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, ularni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash hamda ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish;

– startap loyihalar tashabbuskorlari bilan hamkorlik qilish, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etish, energiyani tejaydigan va yuqori samarali loyihalarni amalga oshirish, agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasida laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etishga ko‘maklashish;

– agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini boshqarish, nazorat qilish hamda monitoring qilish;

– kompleks ravishda izchil tahlil qilish hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish natijasida respublika agrosanoat sektorining rivojlanishidagi muammolar, «muammoli nuqtalar»ni va mavjud nomutanosobliklarni aniqlash.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: