2022-yil 29-avgustdan: O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri
Tug‘ilgan yili: 29.05.1980
Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri
Millati: o‘zbek
Maʼlumoti: oliy
Tamomlagan:
2001-yil Toshkent moliya instituti
2004-yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
2010-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi
2022-yil “Skolkovo” biznes-maktabi Executive MBA dasturi bo‘yicha magistratura
Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: soliqlar va soliqqa tortish; tarmoqlar iqtisodiyoti (suv xo‘jaligi) magistri; biznes boshqaruvi magistri.
Qaysi chet tillarini biladi: rus va ingliz tillari
Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): 2019-yil “Sodiq xizmatlari uchun” medali
MEHNAT FAOLIYATI:
2000-2001-yy. – O‘zmilliybank, Banklararo hisob-kitob markazining “LORO” bo‘limi mutaxassisi
2001-2003-yy. – O‘zmilliybank, Banklararo hisob-kitob markazining “LORO” bo‘limi 2-toifali mutaxassis, 1-toifali mutaxassis, yetakchi mutaxassis
2003-2004-yy. – O‘zmilliybank, Banklararo hisob-kitob markazining Vakil banklar, “LORO” Front-ofis bo‘limi bosh mutaxassis
2004-2004-yy. – O‘zmilliybank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Amaliyot boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy amaliyotlar bo‘limi bosh mutaxassis
2004-2005-yy. – O‘zmilliybank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Amaliyot boshqarmasi, Pul muomalasi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i
2005-2007-yy. – O‘zmilliybank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Amaliyot boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
2007-2011-yy. – O‘zmilliybank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i
2011-2014-yy. – O‘zmilliybank Bosh amaliyot bo‘limi boshqaruvchisi
2014-2017-yy. – O‘zmilliybank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi boshlig‘ining filiallar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari
2017-2017-yy. – O‘zmilliybank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi boshlig‘i
2017-2018-yy. – “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi vazifasini bajaruvchi
2018-2020-yy. – “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi
2020-2022-yy. – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari
2022-yil 29.08 – h.v. – O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri