Bugungi kunda mamlakatimizda paxta hosildorligini oshirish, kasalliklarga chidamli va dunyo bozorida talabgir bo‘lgan momiq yetishtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani rost.
Maqsad aniq: mamlakatimiz dalalarida parvarish topayotgan paxta ham fermerga, ham klasterga birdek manfaat bersin.
Bu borada qator uchrashuvlar, muzokara va amaliy uchrashuvlar bo‘layotgani ham fikrimiz dalilidir.
Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining Turkiyaning Izmir shahrida tashkil etilgan «AgroExpo2024» ko‘zgazmasiga tashrifdan ko‘zlangan maqsad ham urug‘chilikni rivojlantirish hamda Turkiya tajribasini mamalakatimizda ham joriy etish.
“AgroExpo” ko‘zgarmasi Yevropaning to‘rtta yirik qishloq xo‘jaligi yarmarkalaridan biri hisoblanadi.
Ko‘rgazma doirasida paxtachilikda urug‘chilik tizimini rivojlantirish yuzasidan manfaatli uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, ProGen Tohum A.Ş., Pioneer, Özaitın Tarım işl SAN. ve TİC. A.Ş., Söke Tohum Sanayí ve Tíc. LTD., May Tohum, Atalas Tohum hamda LivAgro urug‘chilik kompaniyalarining paxta urug‘larini yetishtirish hamda qayta ishlash tajribasi o‘rganildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: