O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi veb-sayti tezkor aloqa chatiga foydalanuvchilardan savollar kelib tushmoqda. Savollar agrar sohaga oid turli mavzularda bo‘lib, ularga vazirlikning tegishli mutaxassislari ishtirokida javoblar tayyorlanmoqda.
Qirg‘izistonda keng tarqalgan Tyan Shan-66 paxta navi ko‘sak qurti hashoratlariga qarshi immuniteti mavjud. Shu navni O‘zbekistondagi ko‘sak qurtiga ko‘p miqdorda chalingan hududlarga ekib, sinov o‘tkazish uchun nima qilish kerak. “OOO KKSP Шелковый путь Дружба” kompaniyasi 50 tonna sinov maydonlarga urug‘ yetkazish zaxirasiga ega. Urug‘ Qirg‘iziston hududida, shartnoma asosida muloqot qilishga tayyormiz.
“Urug‘chilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-bobi, 28-moddasiga asosan, Respublika hududida uchramaydigan karantindagi va boshqa xavfli hasharotlar, o‘simlik kasalliklari, begona o‘tlarni kirib kelishini oldini olish maqsadida boshqa davlatlardan keltiriladigan urug‘liklar ularni import qilishga o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatining ruxsatnomasi, ularga eksport qilayotgan mamlakat tomonidan fitosanitariya sertifikati olinganda hamda Respublika hududida 2 yillik karantin va nav sinovi natijalari asosida paxta chigiti, boshoqli don ekinlari va kartoshka urug‘liklari seleksiya va tadqiqot ishlariga ilmiy hamda nav sinash uchun ko‘rgazmaga qo‘yish maqsadlarida ruxsat etiladi. Ushbu Qonunning 2-bobi 17-moddasiga asosan muvofiqlik sertifikati, fitosanitariya yoki karantin ruxsatnomasi bo‘lmagan urug‘liklarni boshqa davlatlardan respublikaga olib kirishga yo‘l qo‘ymaslik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga yuklatilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: