Kuni kecha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Burhan Demirokni bilan uchrashdi.
Unda qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Turkiyadan sifatli g‘o‘za urug‘ini karantin qoidalariga rioya qilgan holda tez fursatlarda mamlakatimizga olib kelish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, Turkiyaning TAGEM va TICA tashkilotlari bilan aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqotlar va kadrlar almashinuvini rivojlantirish yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Uchrashuv yakunida bu kabi hamkorlik aloqalari qishloq xo‘jaligi sohasi rivoji uchun debocha bo‘lib xizmat qilishi alohida qayd etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: