✅2022-yil mart oyida Tovar-xomashyo birjalaridagi 18 marotaba o‘tkazilgan savdolarda 35,9 ming tonna shakar sotilgan.
✅O‘rtacha bir kunlik savdoda 1996,6 tonnadan shakar sotilgan.
✅Shuningdek, shakar 31-mart kuni eng ko‘p hajmda birja savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shu kuni jami 3384 tonna shakar savdo ishtirokchilari tomonidan taklif etilgan. Eng kam hajmda 1126 tonna shakar 2-mart kuni realizatsiya qilingan.
✅1-mart kuni birja savdolarida sotilgan shakarning narxi 8227 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, oy yakunidagi savdolarda esa 9,2 foizga oshgan va 8981,6 so‘mdan sotilgan.
✅Mart oyida shakarning o‘rtacha narxi 8851,9 so‘mni tashkil etgan.
✅Mazkur oyda 18-mart kuni shakar uchun eng yuqori narx – 10 101,3 so‘m (1-mart kuniga nisbatan 22,8%ga qimmat) kuzatilgan bo‘lsa, eng arzon narx 1-mart kuni – 8 227 so‘mni tashkil etgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: