✅2022-yil mart oyida Tovar-xomashyo birjalaridagi 18 marotaba o‘tkazilgan savdolarda 10,6 ming tonna paxta yog‘i savdosi amalga oshirilgan.
✅O‘rtacha bir kunlik savdoda 588,2 tonnadan paxta yog‘i realizatsiya qilingan.
✅Shuningdek, paxta yog‘i 29-mart kuni eng ko‘p hajmda birja savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shu kuni 1293,5 tonna paxta yog‘i savdo ishtirokchilari tomonidan taklif etilgan.
✅Mart oyining boshida paxta yog‘ining narxi 1 kg uchun 15 084,5 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, oyning ohiriga kelib 0,6 foizga oshgan va 15 177,6 so‘mdan sotilgan.
✅Shu davrda paxta yog‘ining o‘rtacha narxi 15 405,5 so‘mni tashkil etgan.
✅Mazkur oyda 24-mart kuni paxta yog‘i uchun eng yuqori narx – 17 331,0 so‘m kuzatilgan bo‘lsa (oy boshiga nisbatan 14,9% qimmat), eng arzon narx 10-mart kuni – 11 548,7 so‘mni (oy boshiga nisbatan 23,4% arzon)ni tashkil etgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: