✅2022-yil aprel oyida Tovar-xomashyo birjalaridagi 16 marotaba o‘tkazilgan savdolarda 7,6 ming tonna paxta yog‘i savdosi amalga oshirilgan.
✅O‘rtacha bir kunlik savdoda 475,5 tonnadan paxta yog‘i sotilgan.
✅Shuningdek, paxta yog‘i 6-aprel kuni eng ko‘p hajmda birja savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shu kuni 1880 tonna paxta yog‘i savdo ishtirokchilari tomonidan taklif etilgan. Eng kam hajmda 172,5 tonna paxta yog‘i 26-aprel kuni realizatsiya qilingan.
✅Aprel oyining boshida paxta yog‘ining narxi 15 626,8 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, oyning oxiriga kelib 1,8 foizga arzonlashgan va 15 342,9 so‘mdan sotilgan.
✅Shu davrda paxta yog‘ining o‘rtacha narxi 15 627 so‘mni tashkil etgan.
✅Mazkur oyda 28-aprel kuni paxta yog‘i uchun eng yuqori narx – 17 026,1 so‘m kuzatilgan bo‘lsa (oy boshiga nisbatan 9% qimmat), eng arzon narx 25-aprel kuni – 15 012,5 so‘m (oy boshiga nisbatan 3,9% arzon)ni tashkil etgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: