2019-yildan beri Germaniyaning Oberxauzen shahridagi bandlikka qarshi kurashish markazi hududida nafaqat o‘simliklar yetishtirish, balki ilmiy tadqiqotlar uchun ham foydalaniladigan yirik issiqxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Foydalanilmayotgan tekis uy tomlari shahar sharoitida kichik joylardan serunum rezavor, sabzavot va turli o‘simliklarni yetishtirish imkoniyatini beradi.
Ushbu ishlab chiqarish maydonchasida yetishtirilayotgan salat bargi, qulupnay va turli ozuqabop o‘simliklarning barchasi haftalik bozorlar va mahalliy restoranlarga yuboriladi.
Inson tanasidan ajralib chiquvchi issiqlik va CO2 ham o‘z-o‘zidan yuqoriga intiladi. Ushbu massani dudburon yordamida o‘simliklarga yetkazish – ularga tayyor bioozuqa berishdir.
«Tadqiqot olib borilayotgan hududimizda oqava suvlar va yerto‘laga yig‘iladigan yomg‘ir suvlarini nasos orqali o‘simliklarga yetkazamiz. Bu orqali o‘simliklarga suvning teng taqsimlanishi ta’minlanadi. Bu esa ortiqcha xarajatlarni yuzaga keltirmaydi. O‘simliklarning bu kabi holatda yetishtirilishi ularga quyosh nurining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishida muhim rol o‘ynaydi», – deydi doktor Feliks Toma.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: