Dehqonchilikda ekinlarni sug‘orishning eng tejamkor va samarali usuli tomchilatib sug‘orishdir. Sababi mazkur texnologiya tufayli suv sarfi 5 barobar, mineral o‘g‘it va texnik ishlar xarajatlari 2 barobarga qisqarishi, hosildorlik oshishi ham o‘z isbotini topgan. Shu bois sug‘orishning bu usuli yil sayin ommalashmoqda.
Jumladan, “TST Agro Cluster” klasteri ham sug‘orishning bu usulidan foydalanib kelmoqda. Joriy yilda ham 1 ming 700 gektar g‘o‘za maydonlarida tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanilishi rejalashtirilgan bo‘lib hozirdan puxta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llaniladigan ekin yerlarining agrotexnik xaritasi tayyorlanib, “Cropwise” tizimiga kiritilmoqda. Xaritada quduq va kanallarning joylashuvi, suv tindirish hovuzlari ham to‘liq qamrab olingan.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: