2021-yil 3-fevraldan
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori
Tug‘ilgan vaqti: 19.07.1961
Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri
Millati: O‘zbek
Partiyaviyligi: yo‘q
Maʼlumoti: Oliy
Tugatgan: Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti
Mutahassisligi: Biolog-genetik
Ilmiy darajasi: biologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni: Professor
Xorijiy tillarni bilishi:
Rus, ingliz va nemis tillari
Davlat mukofotlari: Yo‘q
Xalq deputatlari, Respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning aʼzosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim): Yo‘q
MEHNAT FAOLIYATI
1978-1981-yillarda – Toshkent davlat universiteti talabasi
1981-1984-yillarda – Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti talabasi (oltin medal bilan tugatgan)
1984-1986-yillarda – Moskva davlat universiteti, biologiya fakultetining “O‘simlik fiziologiyasi” kafedrasi ilmiy izlanuvchisi
1986-1989-yillarda – Moskva davlat universiteti, biologiya fakultetining “O‘simlik fiziologiyasi” kafedrasida aspirant
1990-1991-yillarda – Rossiya fanlar akademiyasi “Bioinjeneriya” markazining doktoranti
1991-1994-yillarda – Vena universitetining “Mikrobiologiya va genetika” yo‘nalishi doktoranti
1994-2009-yillarda – Vena universiteti Maks F. Perus laboratoriyasida guruh rahbari.
2002-2009-yillarda – Vena universiteti, Mikrobiologiya va genetika kafedrasi professori.
2012-2015-yillarda – Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori
2015-2019-yillarda – Rossiya Federatsiyasi Fizika – texnika institutida “Agrobiotexnologiya” laboratoriyasi mudiri
2015-2019-yillarda – O‘zbekiston Yuqori texnologiyalar markazi ilmiy maslahatchisi
2019-2021-yillarda – Toshkent davlat agrar universiteti, “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi” kafedrasi professori
2021-y – x.v. – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: