Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilot va korxonalagra hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga investitsiyalarni jalb etish va ularning monitoringini yuritish, ushbu maqsadlarda vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari, vazirlik tizimidagi Respublika va hududiy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat.
Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
– O‘zbekiston Respublikasining vakolatli vazirlik va idoralari, xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va chet el tashkilotlarining vakolatxonalari bilan qishloq xo‘jaligi sohasiga investitsiyalarni jalb etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda bu boradagi ishlarni rivojlantirish va vazirlik markaziy apparati bosh boshqarmalari, boshqarmalari, bo‘limlari va tizim tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
– investitsion loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishini taʼminash;
– qishloq xo‘jaligi hamda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasiga investitsiyalar jalb qilishda ishtirok etish;
– qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish maqsadida davlat investitsiya dasturlarining shakllantirilishida ishtirok etish;
– xorijiy mamlakatlar va transmilliy korporatsiyalarning investitsiya qo‘yish va sanoat ixtisoslashuvi imkoniyatlarini tahlil qilish, potensial investorlarning texnik va moliyaviy imkoniyatlarini o‘rganish va shu asosda ularning investitsiyalarini aniq tarmoq va loyihaga jalb etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
– investitsiya loyihalarini tayyorlash tarmoq jadvallarini ishlab chiqish, kelishish va belgilangan tartibda tasdiqlash hamda ularning o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlash;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarining ichki va tashqi bozorlarida kompleks tadqiqotlarni o‘tkazish;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar uchun qulay konyunkturani yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
– qishloq xo‘jaligi xosildorligini oshirish va maxsulot eksportini oshirish maksadida aqlli texnologiyalar (datchiklar, dronlar, GPS, GLONASS, avtomatlashgan tizimlar) konsepsiyasini mahalliy sharoitga moslashtirish va tatbiq etish yullarni o‘rganish;
– xalqaro savdoning holatini tahlil qilish, konyunkturalarini o‘rganish va shu asosida xorijiy bozorlarda qishloq ho‘jaligini rivojlanish tendensiyalarini prognoz qilish;
– meva-sabzavot mahsulotlarini sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan milliy va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish;
– boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
– yuqori organlarga va uchinchi tomon tashkilotlariga boshqaruv vakolatiga kiruvchi axborotlarni tayyorlash va o‘z vaqtida taqdim etishni taʼminlash;
– investitsion loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishi, imtiyozli kreditlar va texnik ko‘mak mablag‘lari (grantlar) ajratilishini taʼminlash.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: