Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish boshqarmasi

AGRO.UZ > Texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish boshqarmasi
AGRO.UZ > Texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish boshqarmasi
Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari: 

a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining tegishliligi bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarilishida vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish;

b) sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar, yaqin va uzoq istiqbolli rejalarni belgilash hamda rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqilishida takliflar bilan ishtirok etish;

v) ichki va tashqi bozor talablari, har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti, suv taʼminoti hamda ixtisoslashuvidan kelib chiqib, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

g) texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish yo‘nalishida fermer xo‘jaliklari, klasterlar, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini rivojlantirish;

d) texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirishda ilg‘or innovatsion texnologiyalar, ilm-fan yangiliklarini ishlab chiqarishga joriy qilish.

e) Kannabis o‘simligini sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini litsenziyalashni tashkil etish.

 

A) O‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining tegishliligi bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarilishida vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish sohasida:

– Vazirlik markaziy apparati tegishli tarkibiy bo‘linmalari, hududiy bo‘linmalar, tizim tashkilotlari, shu jumladan, tegishli agentliklar, uyushmalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan doimiy hamkorlik qiladi;

– Respublikada texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini yetishtiruvchi tashkilot va idoralar tizimlaridagi subyektlarning yillik ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha davriy tahlillar olib boradi;

– sohaga grant va investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar hamda vazirlikning tegishli bosh boshqarmalari bilan hamkorlikda takliflar tayyorlaydi.

B) sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar, yaqin va uzoq istiqbolli rejalarni belgilash hamda rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqilishida takliflar bilan ishtirok etish sohasida:

– O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning  2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan tegishli vazifalarni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish choralarni ko‘radi;

– Respublikada texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish holatini tahlil qiladi, mavjud muammolarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi.

V) ichki va tashqi bozor talablari, har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti, suv taʼminoti hamda ixtisoslashuvidan kelib chiqib texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlashsohasida:

– texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qiladi va mavjud muammo va kamchiliklarni barataraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

– texnik, moyli, dorivor va oziqabop ekinlarni yetishtirishda belgilangan agrotexnik tadbirlarni sifatli qilib o‘tkazilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan monitoring yuritadi.

G) texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish yo‘nalishida fermer xo‘jaliklari, klasterlar, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini rivojlantirish sohasida:

– texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilik yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklari, klasterlar, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligi va natijadorligini tahlil qilib boradi, mavjud kamchiliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi.

D) texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirishda ilg‘or innovatsion texnologiyalar, ilm-fan yangiliklarini ishlab chiqarishga joriy qilish sohasida:

– tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda zamonaviy agrotexnologiyalar, ilg‘or tajriba, ilm-fan yutuqlari asosida tavsiya va takliflar ishlab chiqishni hamda joylarga yetkazilishini tashkil etadi;

– seleksiya va urug‘chilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda seleksionerlar bilan hamkorlikda ishlar olib borish va seleksiya yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qiladi.

E) Kannabis o‘simligini sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini litsenziyalashni tashkil etish sohasida:

– kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini litsenziyalashga doir tadbirlarni tashkil etadi;

– Ekspert komissiyasining yig‘ilish o‘tkazilishini va ish yuritishini tashkil etish, bayonnomalarini yuritish, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish bo‘yicha ekspert xulosasi loyihasini tayyorlaydi;

– litsenziya shartnomasini rasmiylashtiradi va uning bajarilishini muvofiqlashtiradi;

– litsenziatning litsenziya shartnomasi, shu jumladan, litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat ishlarini tashkil etadi.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: