Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovich

AGRO.UZ > Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovich
AGRO.UZ > Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovich

2019-yil 26-fevraldan:

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari

Tug‘ilgan yili: 07.08.1969

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani

Millati: o‘zbek                    

Partiyaviyligi: yo‘q

Maʼlumoti: oliy                 

Tamomlagan: 1993-y. Toshkent davlat agrar universiteti (kunduzgi)

Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: olim-agronom

Ilmiy darajasi: qishloq xo‘jaligi fanlari doktori

Ilmiy unvoni: professor

Qaysi chet tillarini biladi:  

rus, ingliz tillari

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanday): O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi

Xalq deputatlari Respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning aʼzosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim): yo‘q

 

MEHNAT FAOLIYATI

1993-1996-yillarda – O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti

1996-1997-yillarda – O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘simliklarni o‘sishini sozlovchi moddalar va defoliatsiya bo‘limi ilmiy xodimi

1997-1999-yillarda – O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi

1999-2000-yillarda – O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Bosh direktori muovini

2000-2003-yillarda – O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Bosh direktorining birinchi muovini

2003-2006-yillarda – O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Fiziologiya bo‘limi mudiri

2006-2010-yillarda – O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Bosh direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

2010-2012-yillarda. – “Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Bosh direktori

2012-2014-yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining agrotexnologiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

2014-2016-yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri

2016-2018-yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari –  O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori

2018-2019-yillarda – Farg‘ona viloyati hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

2019-y. – h.v.   – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: